“O’ZSTANDART” AGYENTLIGI TIZIM TASHKILOTLARINING
ISHLAB CHIQARISH FAOLIYATI TO’G’RISIDA
MA’LUMOT
(2020 yil yanvar-dekabr)
STANDARTLASHTIRISH SOHASIDA
2020 yil xolatiga 6079 ta standartlar qabul qilindi va me’yoriy hujjatlarning davlat fondidagi standartlar soni 29988 taga yetkazilib, xalqaro talablar bilan uyg‘unlashtirilgan standartlar 14858 tani (50 %) tashkil qilmoqda.
2021 yilning I chorakda uyg‘unlashtirish darajasi 55 foizga, yil yakuniga qadar uyg‘unlashish darajasi 75 foizga yetkaziladi.
TEXNIK JIHATDAN TARTIBGA SOLISH SOHASIDA
2020 yil davomida 5 ta umumiy va 4 ta maxsus texnik reglamentlar qabul qilindi 2 ta umumiy texnik reglamentlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritilib yangi tahrirdagi “Yog‘-moy mahsulotlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi va “Muomalaga chiqarilayotgan g‘ildirakli transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi”umumiy texnik reglament tasdiqlandi.
Jami texnik reglamentlar soni 52 tani tashkil etdi (37 ta umumiy, 15 ta maxsus).
Bugungi kunda, 3 ta umumiy texnik reglament loyihasi Vazirlar Mahkamasiga kiritildi. 3 ta maxsus texnik reglament Adliya vazirligiga kiritildi va 3 ta texnik reglament vazirlik va idoralar bilan kelishilmoqda.
STANDARTLAR VA O’LCHOVLAR YAGONA BIRLIKDA BO’LISHINI TA’MINLASH BO’YICHA DAVLAT NAZORATI SOHASIDA
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 yanvardagi PF-5308-son Farmoniga muvofiq, tekshiruvlar o‘tkazilishiga ikki yillik moratoriy e’lon qilinganligi tufayli joriy yil yanvar-dekabr oylarida 14 tadbirkorlik sub’ektlarida standartlar talablariga rioya qilinishi va o‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha davlat nazorati o‘tkazildi. Davlat nazorati natijalari bo‘yicha 14 nafar korxonalarning mas’ul ijrochilari tomonidan O’zbekiston Respublikasi huquqiy-normativ hujjatlari talablari buzilganligi aniqlandi va ushbu korxonalarning 8 nafar mas’ul xodimlariga nisbatan ma’muriy bayonnomalar tuzilib, 4906,0 ming so‘m jarimaga tortildi. 6 ta korxonaning mas’ul xodimga nisbatan ma’muriy jarimalar qo‘llash bo‘yicha xujjatlar o‘rnatilgan tartibda sud idoralariga topshirildi.
Texnik jixatdan tartibga solish, standartlashtirish va sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etilishida qonunchilik talablarini buzilishi va ularning kelib chiqish sababalari o‘rganish maqsadida 24 ta akkreditlangan muvofiqlikni baholash idoralari tomonidan rasmiylashtirilgan 179 ta xujjatlar to‘plami taxlil qilindi.
Taxlil natijalari bo‘yicha 166 ta xolatda nomuvofiqliklar aniqlandi, shundan 3 ta idorada “Akkreditatsiya markazi” DUK tomonidan navbatdan tashqari inspektsiya nazorati o‘tkazildi, 4 ta holat bo‘yicha milliy idoraga takliflar kiritildi, 7 nafar mas’ul xodimlarga mamuriy choralar ko‘rildi va 24 ta akkreditlangan muvofiqlikni baholash idoralari yozma ko‘rsatma chiqarildi.
Departament tomonidan 2020 yil davomida 3761 ta korxonada profilaktika tadbirlari o‘tkazildi.
Profilaktika tadbirlari natijasida mutaxassislar tomonidan 2450 ta korxona 8211 ta texnik reglament va standartlar bilan ta’minlandi. 281 ta korxonaga sertifikatlashtirish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatildi. 519 ta korxonaga 2810 turdagi o‘lchov vositalarini davlat qiyoslash ko‘rigidan o‘tkazilishida amaliy yordam ko‘rsatildi. 3761 ta korxonadan 935 tasi eksport qilishi, 284 tasi import qilishi, qolgan 2542 ta korxona mahalliy xom ashyo va extiyot qismlaridan foydalanib, ichki bozorga realizatsiya qilishi ma’lum bo‘ldi. O’rganilgan korxonalarning 347 tasida sinov laboratoriyasi mavjudligi, 1150 ta korxona esa shartnoma asosida boshqa sinov laboratoriyalar xizmatidan foydalanishi, qolgan 2264 ta korxonada esa sinov laboratoriyalari mavjud emasligi va boshqa sinov laboratoriyalar xizmatidan foydalanish uchun shartnoma tuzilmaganligi aniqlandi.
Profilaktika tadbirlari davomida o‘rganilgan korxonalarning rahbarlari va mutaxassislari sohaga oid barcha qonun va qarorlar bilan tanishtirildi.
O’LCHASHLAR YAGONALIGINI TA’MINLASH SOHASIDA
Joriy yil yanvar-dekabr holatiga 539 408 dona o‘lchash vositalari (shulardan 33 152 dona o‘lchash vositasi yaroqsiz deb topilgan) metrologik tekshiruvdan o‘tkazildi.
Ko‘rsatilgan metrologik xizmatlardan 515 927 dona qiyoslash, 19 467 dona attestatsiya va 4 014 dona kalibrlash ishlarini tashkil etadi.
Yuridik va jismoniy shaxslarning 230 700 ta murojaatlariga asosan elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) qiyoslash ishlari amalga oshirildi.
O’lchash vositalarining metrologik tekshiruvi natijalari va tasdiqlangan turini tan olish bo‘yicha 274 dona sertifikatlari rasmiylashtirildi.
Shuningdek, turini tasdiqlash maqsadida 55turdagi o‘lchash vositalari davlat sinovlaridan o‘tkazildi.
COVID-19 pandemiyasi davrida tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim etilgan 45 376 dona infraqizil tibbiyot termometrlari bepul sinovlardan o‘tkazildi.
MUVOFIQLIKNI TASDIQLASH SOHASIDA
O’zbekiston Respublikasining Milliy sertifikatlashtirish tizimida 2020 yilning yanvar-dekabr oylarida 157 733 ta muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirildi, shundan, 372 ta muvofiqlik sertifikati 1 kalendar yiliga shartnoma asosida rasmiylashtirildi, seriyali ishlab chiqarishga 9 310 ta muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirildi.
Joriy yilning hisobot davrida “O’zstandart” agentligi tizim tashkiloti “UzTest” DUK tomonidan 41 589 ta muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirildi, shundan 163 ta muvofiq sertifikati 1 kalendar yiliga shartnoma asosida rasmiylashtirildi, 57 ta tadbirkorlik sub’ektlariga deklaratsiyalash yo‘li bilan sertifikatlar rasmiylashtirib berildi.
MENEJMENT TIZIMLARINI JORIY ETISH SOHASIDA
2020 yil 31 dekabr holatiga 244 ta korxonada 274 ta sifat menejmenti tizimlari bo‘yicha muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirildi, shundan:
185 ta korxona sifat menejmenti tizimi bo‘yicha (ISO 9001), 13 ta korxona ekologik menejmenti tizimi bo‘yicha (ISO 14001), 31 ta korxona oziq-ovqat xavfsizligi menejmenti tizimi bo‘yicha (ISO 22000), 26 ta korxona energetik menejmenti tizimi bo‘yicha (ISO 50001) va boshqa menejment tizimlari bo‘yicha sertifikatlashtirildi.
Iqtisodiyot tarmoqlari kesimida sertifikatlashtirilgan korxonalarning asosiy qismi oziq-ovqat (41 ta), yengil (26 ta), qurilish (28 ta) sanoatiga, shuningdek farmatsevtika mahsulotlari (12 ta) ishlab chiqarish korxonalariga to‘g‘ri keladi.
Sifat menejmenti tizimlarini sertifikatlash 17 ta akkreditlangan organlari tomonidan amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, 2020 yilda Global G.A.P. standarti asosida 226 ta (Buxoro–8 ta, Jizzax–1 ta, Qashqadaryo–1 ta, Navoiy–1 ta, Namangan–82 ta, Samarqand–1 ta, Surxondaryo–3 ta, Sirdaryo–120 ta, Toshkent vil.–6 ta, Farg‘ona–2 ta va Xorazm–1 ta) meva-sabzavot yetishtiruvchi xo‘jaliklari sertifikatlashtirildi.
Global G.A.P. standarti 3419 ga. maydonida joriy etish natijasida yetishtirilayotgan 28 hil meva-sabzavot, tsitrus, poliz va dukakli (anor, gilos, uzum, shaftoli, pomidor, bodring, qovun, limon, dukakli va boshqa) mahsulotlari eksporti xorijiy davlatlarga amalga oshirishga imkon yaratdi.
Shu bilan birga, 2020 yilda Organic standarti asosida 3 ta (Buxoro–1 ta (12 ga., paxta), Namangan-1ta (528 ga., kovul) va Farg‘ona–1 ta (222 ga, dorivor o‘simliklari)) qishloq xo‘jaligi mahsulotlarni yetishtiruvchi korxonalar sertifikatlashtirildi.
XALQARO HAMKORLIK SOHASIDA
Yevropa Standartlashtirish Tashkiloti (CEN) o‘rtasida xamkorlik bitimi imzolandi. Yevropa standartlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanish imkoniyati yaratildi. Bitim doirasida, Yevropa Standartlashtirish Tashkiloti (CEN)dan 254 ta Yevropa standartlari olindi va 600 ta qo‘shimcha standartiga ariza berildi.
Xalqaro Elektrotexnika Komissiyasining “Sheriklik plyus dasturi” a’zoligiga erishilib, natijada elektrotexnika sohalariga oid 400 ta bepul xalqaro standartlar olish imkoni yaratildi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarga 397 ta IEC (Xalqaro Elektrotexnika Komissiyasining standartlari) taqdim qilindi.
Indoneziya davlatining Milliy standartlashtirish tashkiloti (BSN) va “O’zstandart” agentligi o‘rtasida mahsulotlarning muvofiqligini baholash, standartlashtirish, metrologiya va texnik jihatdan ko‘maklashish sohalarida Bitim imzolandi. O’zbekiston Standartlar instituti va Niderlandiyaning “Halal Correct Certification” xamkorlik yuzasidan Memorandum imzolandi. O’zbekiston va Hindiston davlatlari rahbarlarining onlayn sammiti doirasida Xindiston Standartlar Byurosi (BIS) va “O’zstandart” agentligi o‘rtasida Hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim imzolandi.
Xalqaro tashkilotlar ISO, MGS, GLOBAL G.A.P., ITC bilan soha yo‘nalishlarini rivojlantirish bo‘yicha uchrashuvlar tashkil etildi.
COVID-19 pandemiyasi davrida GLOBAL G.A.P. tashkiloti, Xitoy sertifikatlash va inspektsiya guruhi (CCIC), Germaniyaning TUV NORD Latviyadagi bo‘limi, Xitoy Avtomobil texnologiyasi va tadqiqot markazi (CATARC),Latviyaning SAI "Baltic CG" ekspert guruxi ekspertlari ishtirokida 150 ta korxonaga onlayn o‘kuv-seminari o‘tkazildi.
“Andijonkabel” AJ, “Nur Muxammad Islom Obod” MChJ, “Shaffof Metan Sanoat” MChJ, “Quality Device” MChJ, “Quality Electronics” MChJ, "UZCHASYS" QK, “Maxsus metal sanoat” MChJga importyor talablariga muvofiq SYe sertifikati olinishida amaliy yordamlar ko‘rsatildi.
"Chirchiq transformator zavodi"da ishlab chiqarilayotgan TMG-seriyali (160, 250, 400 kVA) transformatorlar xalqaro talablar asosida ishlab chiqarilishi uchun xalqaro IEC (MEK) standartlari bilan ta’minlanishida amaliy yordam ko‘rsatildi va mahsulotlar Niderlandiyaning “KEMA” laboratoriyasidan muvaffaqiyatli sinovdan o‘tib, Yevropa bozorlariga kirib borish uchun maxsus sertifikatga ega bo‘ldi.
Milliy infratuzilmani takomillashtirish maqsadida, Xalqaro Savdo Markazi (ITC) bilan vidoekonferentsiya shaklida uchrashuvlar o‘tkazilib, “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi va “Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida”gi qonun qonun loyihasi bo‘yicha xalqaro ekspertlarning tavsiyalari olindi.
ISO xalqaro tashkilotida O’zbekistonda sifat tizimlari bo‘yicha xalqaro ISO sertifikatiga ega bo‘lgan korxonalar soni 56 taga oshirildi.
Koronavirus pandemiyasini salbiy ta’sirini yumshatishga qaratilgan chora-tadbirlar va amalga oshirilayotgan ishlar Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti (ISO), Islom mamlakatlarining standartlar va metrologiya instituti (SMIIC), Xalqaro o‘lchov va tarozilar byurosi (BIPM) saytlarda jahon hamjamiyatiga taqdim etildi.
Xitoy, Xindiston, Janubiy Koreya, BAA, AQSh, Saudiya Arabiston, Indoneziya, Eron, Malayziya, Afg‘oniston Islom Respublikasi va Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi (YeOII) bozorlariga mahsulotlarning import talablar o‘rganildi, ma’lumotlar Agentlik saytiga joylashtirildi. Ijtimoiy tarmoqlarda xalqaro munosabatlarga oid 100 ga yaqin maqolalar bilan chiqish qilindi.
MAHSULOTLARNI EKSPORT QILISHGA KO’MAKLASHISH SOHASIDA
Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropa Ittifoqi komissiyasining xalqaro YeEK OON standartlari 69 ta, Xalqaro sog‘liqni saqlash tashkilotining (FAO/VOZ) “Kodeks Alimentarius” oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik mahsulotlari bo‘yicha qabul qilingan 27 ta, Xalqaro ISO tashkilotining 210 ta standartlari jami 324 ta joylardagi ishlab chiqarish va mahalliy eksportyor korxonalarga tanishtirish ishlari amalga oshirildi. Ushbu korxonalarga qabul qilingan xalqaro standartlarni ishlab chiqarishga joriy etishning afzalliklari haqida tushuntirildi.
2020 yil davomida 2255 ta, shundan standartlashtirish 945 ta, metrologiya 217 ta, sertifikatlashtirish 390 ta, qadoqlash vayorliqlash 115 ta, sifat menejment tizimlari masalalari 331 ta hamda boshqa masalalarda 257 ta konsultativ xizmatlar ko‘rsatildi.Hududlarda joylashgan 110 ta tumandagi 384 ta korxonalarning 122turdagi mahsulotlarini dunyoning 38 ta mamlakatlariga eksport qilinishida amaliy yordamlar ko‘rsatildi.
Hududlardagi 140 ta mayiz mahsulotini eksport qiluvchi korxonalarni zamonaviy talablarga muvofiqligini ta’minlash va tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish maqsadida CODEX STAN 67-1981 “Standart na izyum” standartlari bilan bepul ta’minlab berildi.