Oʼzbekiston texnik jihatdan
tartibga solish agentligi

FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati



Iste'molchilar tomonidan tez-tez beriladigan savollarga javoblar

1. Elektr hisoblagichni qiyoslashdan o’tkazish va qayta o’rnatish qaysi me’yoriy hujjat bilan tartibga solingan?

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-avgustdagi “Yuridik va jismoniy shaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) yechish, qiyoslashdan o’tkazish va o’rnatish bo’yicha davlat xizmatlari ko’rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 698-sonli qaroriga muvofiq elektr hisoblagichlarni yechish, qiyoslashdan o’tkazish va qayta o’rnatish jarayonlari tartibga solingan.

 2. Gaz hisoblagichimning qiyoslash muddati tugamoqda, gaz hisoblagichini yechish uchun qayerga murojaat qilishim kerak?

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-avgustdagi “Yuridik va jismoniy shaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) yechish, qiyoslashdan o’tkazish va o’rnatish bo’yicha davlat xizmatlari ko’rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 698-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tabiiy gazni hisobga olish uskunasini yechish, qiyoslashdan o’tkazish va o’rnatish bo’yicha davlat xizmatlari ko’rsatishning ma’muriy reglamentining 2-bandiga muvofiq hududiy gaz ta’minoti tashkilotlari – hisobga olish uskunalarini yechish va o’rnatishni, yechilgan hisobga olish uskunalarini “O’zstandart” agentligining davlat metrologiya xizmati organlarida qiyoslashdan o’tkazishga taqdim etish ishlarini amalga oshirilishini ta’minlaydi.

Bundan tashqari, ushbu reglamentning 10 bandiga asosan talabgorlar davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazlariga o’zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish mumkin.

 3. Gaz hisoblagichni qiyoslashdan o’tkazish uchun qanday hujjatlar talab etiladi?

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-avgustdagi “Yuridik va jismoniy shaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) yechish, qiyoslashdan o’tkazish va o’rnatish bo’yicha davlat xizmatlari ko’rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 698-sonli qarori bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentning 11-bandiga asosan talabgor o’zi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi talabgor nomidan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etgan taqdirda esa, mustaqil ravishda ushbu Reglamentning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi so’rovnomani elektron shaklda to’ldiradi.

 4. Qanday xollarda maishiy hisoblagichlar qiyoslashdan o’tkazish uchun qabul qilinmaydi?

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-avgustdagi “Yuridik va jismoniy shaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) yechish, qiyoslashdan o’tkazish va o’rnatish bo’yicha davlat xizmatlari ko’rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 698-sonli qaroriga asosan ta’minotchi korxonalar tomonidan hisobga olish uskunalari yechilmagan hollarda metrologik qiyoslashdan o’tkazish uchun qabul qilinmaydi.

 5. Hisoblagichlarni qiyoslash necha kunda amalga oshiriladi?

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-avgustdagi “Yuridik va jismoniy shaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) yechish, qiyoslashdan o’tkazish va o’rnatish bo’yicha davlat xizmatlari ko’rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 698-sonli qaroriga asosan hisoblagichlar hududiy ta’minotchi korxonalar vakillaridan qabul qilib olinganidan so’ng 3 ish kuni ichida metrologiya xizmati tomonidan qiyoslashdan o’tkaziladi.

 6. Hisoblagichlar qiyoslashdan o’tkazilgandan so’ng, uni o’rnatish va plombalash ta’minotchi korxonalar xodimlari tomonidan necha kun ichida amalga oshiriladi?

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-avgustdagi “Yuridik va jismoniy shaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) yechish, qiyoslashdan o’tkazish va o’rnatish bo’yicha davlat xizmatlari ko’rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 698-sonli qaroriga asosan hisoblagichlar qiyoslashdan o’tkazilgandan keyin 3 ish kuni ichida talabgor bilan kelishilgan vaqtda talabgor ishtirokida dalolatnoma tuzilgan holda o’rnatiladi va tamg’alanadi.

 7. Iste’molchilar qanday hisobga olish uskunalaridan foydalanishlari mumkin?

Iste’molchilar tomonidan foydalanilayotgan O’zbekiston Respublikasi O’lchov vositalari davlat reyestriga kiritilgan hisobga olish uskunalaridan foydalanishlari mumkin.

 8. Iste’molchilar tomonidan foydalanilayotgan hisobga olish uskunalari uchun qanday qiyoslash turlari mavjud?

  • davriy qiyoslashdan – hisobga olish uskunalarini qiyoslashlararo interval muddati tugaganda;
  • navbatdan tashqari qiyoslashdan – hisobga olish uskunalarining qiyoslashdan o’tkazilganligini tasdiqlovchi plombasi shikastlanganda yoki qayta sozlash ishlarini o’tkazish zarurati vujudga kelganda;
  • ekspert qiyoslashdan – hisobga olish uskunalarining sozligi yoki ularning qo’llashga yaroqliligi, metrologik tavsiflari bo’yicha munozarali savollar tug’ilganda o’tkaziladi.

 9. Hisobga olish uskunalarining qiyoslashlararo interval muddati necha yilni tashkil etadi?

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-avgustdagi “Yuridik va jismoniy shaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) yechish, qiyoslashdan o’tkazish va o’rnatish bo’yicha davlat xizmatlari ko’rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 698-sonli qaroriga asosan Hisobga olish uskunalarini qiyoslash davriyligi:

  • jismoniy shaxslar uchun — 8 yil;
  • yuridik shaxslar uchun — 4 yilni tashkil etadi.

Hisobga olish uskunalariga 2019-yil 1-noyabrga qadar rasmiylashtirilgan qiyoslash sertifikatlarining amal qilish muddati o’z kuchida qoladi.

 10. Maishiy elektr hisoblagichlari qaysi xollarda tamirlashga topshiriladi?

Qiyoslashdan o’tkazish natijalariga ko’ra hisobga olish uskunasi keyinchalik foydalanishga yaroqsiz deb topilgan taqdirda, davlat metrologiya xizmati organi xodimi vakolatli xodimga hisobga olish uskunasi foydalanishga yaroqsizligi haqida xabarnoma beradi. Davlat metrologiya xizmati organi xodimi tomonidan berilgan xabarnomaga asosan hisobga olish uskunasini ta’mirlash mumkin bo’lsa, vakolatli xodim iste’molchini bu haqda xabardor qiladi va uni shartnoma asosida ta’mirlash tashkilotiga topshiradi. Hisobga olish uskunasi ta’mirlangandan so’ng, u ta’mirlaganligi haqida ikki nusxada dalolatnoma tuziladi va uning bir nusxasi vakolatli xodimga beriladi, ikkinchi nusxasi esa, ta’mirlash tashkilotida qoldiriladi.

Hisobga olish uskunasi ta’mirlangandan so’ng, u vakolatli xodim tomonidan qiyoslashdan o’tkazish uchun davlat metrologiya xizmati organiga topshirilishi shart.

 11. Maishiy elektr hisoblagichlarning qiyoslashlararo interval muddati kuzatib borish kimning zimmasiga yuklatilgan.

Elektr ta’minoti korxonasi o’zining ma’lumotlar bazasi orqali har bir hisobga olish uskunaning qiyoslashlararo interval muddati o’tishini kuzatib boradi va davriy qiyoslashdan o’tkazishning o’z vaqtida amalga oshirilishi uchun javobgar hisoblanadi.

 12. Hisobga olish uskunasi ekspert tekshiruvidan qaysi hollarda o’tkaziladi?

Hisobga olish uskunasi ekspert qiyoslashdan ta’minotchi korxona va iste’molchi orasida munozarali vaziyatlar uchraganda amalga oshiriladi. Hisobga olish uskunasi ekspert tekshiruvidan surishtiruv, tergov, prokuratura organlari yoxud sudning qarori (ajrimi) ga asosan o’tkazilishi mumkin.

 13. Iste’molchining hisobga olish uskunasini yechib olish va qayta o’rnatish kim tomonidan amalga oshiriladi.

Iste’molchining hisobga olish priborini yechib olish (demontaj qilish), qiyoslashdan o’tgan hisobga olish priborini iste’molchiga yetkazib berish, hisobga olish priborini joyiga o’rnatish (montaj qilish) ta’minotchi korxonasi vakolatli xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.

 14. Hisobga olish uskunasi qiyoslashdan o’tkazish ishlari jami necha kunni tashkil etadi?

Hisobga olish uskunasini qiyoslashdan o’tkazish ishlari 15 ish kuni ichida yakunlanishi lozim.

15. Savdo-sotiqda qoʻllaniladigan tosh va tarozilar tekshiruvdan oʻtkazilib turiladimi?

Oʻzbekiston Respublikasining “Metrologiya toʻgʻrisida” gi qonunining 20-moddasiga asosan savdo-sotiqda qoʻllaniladigan tosh va tarozilar 1 yilda 1 marotaba davlat metrologiya xizmati tomonidan tekshiruvdan oʻtkazilib turiladi.

 16. Prujinali osma tarozidan savdo-sotiqda foydalanilishi mumkinmi?

GOST 27735-94 me’yoriy hujjatga asosan bu tarozilar faqat uy sharoitida foydalanish uchun mo’ljallangan bo’lib, savdo-sotiqda bunday tarozilardan foydalanishga yo’l qo’yilmaydi.

 17. Men oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi kichik korxona ochmoqchiman. Korxonamga ishlab chiqarishda qo’llash uchun qanday turdagi tarozilarni sotib olishim mumkin?

Sizga faqat o’lchash vositalarining Davlat reyestriga kiritilgan tarozilardan foydalanishga ruxsat etiladi

 18. Zargarlik faoliyati bilan shug’ullanishda qaysi turdagi tarozilardan foydalanish tavsiya etiladi?

Qimmatbaho metallar massasini o’lchash yuqori aniqlikni talab etishini inobatga olgan holda GOST 24104-2001 davlatlararo standartiga asosan maxsus klassli laboratoriya tarozilaridan foydalanishga ruxsat etiladi.

 19. Men mahsulot sotib olish mobaynida tarozilarning to’g’ri ishlayotganligiga qanday ishonch hosil qilishim mumkin?

Siz O’zbekiston Respublikasining “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to’g’risida” gi qonuning 8-moddasiga asosan savdo-sotiqda qo’llanilayotgan tarozilarning qiyoslash sertifikatini so’rash huquqiga to’liq egasiz.

20. Tadbirkorlar o’ziga tegishli tarozilarni davlat tekshiruvidan o’tkazish uchun qaysi davlat organlariga murojaat qilishlari kerak?

Tarozilarning davlat tekshiruvi “O’zbekiston Milliy Metrologiya Instituti” Davlat Korxonasi va uning hududiy metrologik xizmat idoralari tomonidan amalga oshiriladi.

21. Tarozi va tarozi toshlarining davlat tekshiruvidan oʻtkazilishi muddati qaysi hujjatda belgilab qoʻyilgan?

Tarozi va tarozi toshlarining davlat tekshiruvidan oʻtkazilishi muddatlari “Oʻzstandart” agentligi tomonidan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi “Metrologiya toʻgʻrisida” gi Qonunining 14-moddasiga muvofiq, majburiy davlat qiyoslovidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan va ularning davriyligi belgilangan namunaviy va ishchi oʻlchash vositalarining Nomlar roʻyxatiga asosan belgilangan. Bu roʻyxat 2019-yil 30-iyulda 3174 -tartib raqami bilan adliya vazirligida roʻyxatga olingan.

22. Yuk transporti vositalari tarozilarning xatoligi boʻyicha meʼyorlar qaysi hujjatda belgilangan?

Yuk tarnsport vositalarining xatoliklari GOST 29329-92 davlatlararo standartiga asosan qiyoslash boʻlinmasi qiymatining bir baravaridan uch baravarigacha boʻlishi mumkin.