Oʼzbekiston texnik jihatdan
tartibga solish agentligi


FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati



O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 23 noyabrdagi 243-sonli qaroriga muvofiq, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarini ob'yektiv va o'z vaqtida yoritib borish sharoitlarini yaratish maqsadida, "O'zstandart" agentligi tomonidan ommaviy-axborot vositalari vakillarini akkreditatsiya qilish amamlga oshiriladi

"O‘zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalari vakillarini davlat hokimiyati organlari huzurida akkreditatsiya qilish tartibi to‘g‘risida"gi Nizom yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan.

OAV vakillari "O'zstandart" agentligida akkreditatsiya o'tishlari uchun tahririyatning rasmiy blankida bosh muxarrir tomonidan imzo chekilgan va muxr bilan tasdiqlangan holda buyurtma berishlari lozim. Buyurtmada quyidagilar ko'rsatilishi shart:

  • OAV nomi va turi
  • Yo'nalishi
  • Ma'lumotlarni tarqatish geografiyasi
  • elektron pochta manzili
  • Tahririyat telefon va faks raqamlari
  • Yuborilayotgan vakil(lar)ning familiya, ismi va otasining ismi
  • O'z vazifalarini bajarishda qo'llaniladigan uskunalar ro'yhati
  • belgilangan shakldagi 4 ta fotosurat.