Oʼzbekiston texnik jihatdan
tartibga solish agentligi


FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qaroriga asosan “Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi”ning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • «Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida», «Standartlashtirish to‘g‘risida», «Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida», «Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida», «Metrologiya to‘g‘risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunlari, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashga doir normativ hujjatlar hamda normativ-huquqiy hujjatlarning amaliy jihatdan amalga oshirilishini ta’minlash;
  • texnik jihatdan tartibga solish sohasida xalqaro standartlarni, shu jumladan, sifat menejmenti tizimi bo‘yicha xalqaro standartlarni qo‘llash asosida mahsulotlar sifati va raqobatbardoshligini oshirishga doir yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
  • texnik jihatdan tartibga solish sohasini rivojlantirish hamda mazkur sohada ilmiy-texnik axborotni tarqatish, shuningdek, sohani xalqaro, davlatlararo va xorijiy mamlakatlarning milliy tizimlari bilan uyg‘unlashtirilishini ta’minlash;
  • mahsulotlar, ishlar, xizmatlarning sifati va xavfsizlik talablariga rioya qilinishi va iste’molchilar huquqlarini noto‘g‘ri o‘lchash natijalarining salbiy oqibatlaridan himoya qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • texnik jihatdan tartibga solish sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
  • mahalliy mahsulotlarni ishlab chiqarishda xalqaro standartlar va texnik reglamentlarni jadal joriy etish orqali ularning zamonaviy talablarga muvofiqligini ta’minlash va tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish;
  • mahsulot sifatini boshqarishning zamonaviy tizimlarini, birinchi navbatda, eksport qiluvchi korxonalarda keng joriy etish va mahsulotlarni texnik reglamentlar va standartlashtirishga doir normativ hujjatlar talablariga muvofiq sertifikatlashtirish;
  • eksport qiluvchi korxonalarga mahsulotlar muvofiqligini baholash masalalarida qulay sharoitlar yaratish, xalqaro tashkilotlar bilan milliy muvofiqlikni baholash va sinov hamda o‘lchash natijalarining asosiy eksport bozorlarida tan olinishiga yo‘naltirilgan hamkorlikni faollashtirish;
  • texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish, realizatsiya qilinadigan mahsulotlar xavfsizligini tizimli nazorat qilishni ta’minlashda ularning samaradorligini oshirish;
  • zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, tadbirkorlik sub’ektlari va aholiga ko‘rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlari turlarini kengaytirish;
  • texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonunchilik hujjatlari buzilishining oldini olish va profilaktikasini amalga oshirish;
  • texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi masalalarda sanoat korxonalariga va tadbirkorlik sub’ektlariga har tomonlama ko‘maklashish;
  • texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning majburiy talablari, o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishi va to‘g‘riligi ta’minlanishi, majburiy sertifikatlashtirish qoidalariga amal qilinishi yuzasidan davlat nazoratini tashkil etish va uning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
  • davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari huzurida tashkil etiladigan standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • manfaatdor tomonlarni standartlashtirishga doir normativ hujjatlar bilan belgilangan tartibda ta’minlash;
  • standartlashtirishga doir normativ hujjatlarning xalqaro talablar bilan zarur uyg‘unlashtirish darajasiga erishish;
  • korxonalarda texnik reglament va standartlar talablariga rioya etmaganlik uchun korxona va tarmoq rahbarlariga taqdimnomalar kiritish;
  • texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash, akkreditatsiya va metrologiya sohasini rivojlantirishning asosiy indikatorlari bo‘yicha ishlarni tashkil qilish va muvofiqlashtirish

“Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi” oʻz faoliyatini amaldagi Qonunchilikka koʻra bevosita va quyi tizim tashkilotlari orqali amalga oshiradi.