Bosh direktor o'rinbosari
Telefon: (71) 202-00-11
Qabul kunlari: Dushanba - Juma 9:00 dan 18:00 gacha
Elektron pochta: uzst@standart.uz
Tarjimai holi:
1975 yilda Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, muhandis-texnolog, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O’zbekiston liberal-demokratik partiyasi a’zosi. 1997 yil Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyati:
Mehnat faoliyatini 1997 yilda “Sho‘rtanneftgaz” unitar shu’ba korxonasi gazlarni qayta ishlash tsexida 4-razryadli operatori lavozimidan boshlagan. 1999 yildan “O’zdavstandart” Qashqadaryo standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish hududiy markazi pullik xizmat ko‘rsatish bo‘limi muhandisi lavozimida ishlagan.
2000-2002 yillarda “O’zdavstandart” Qashqadaryo standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish hududiy markazi davlat nazorati bo‘limi 2-toifali muhandisi,
2002-2004 yillarda “O’zstandart” agentligi Qashqadaryo standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi standartlar va o‘lchash vositalari ustidan davlat nazorati bo‘limi 1-toifali mutaxassisi, bo‘lim boshlig‘i,
2004-2010 yillarda “O’zstandart” agentligi Qashqadaryo standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi standartlar va o‘lchash vositalari ustidan davlat nazorati bo‘limi boshlig‘i - boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari - bosh davlat inspektori o‘rinbosari,
2010-2013 yillarda “O’zstandart” agentligi “Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi direktori,
2013-2017 yillarda “O’zstandart” agentligi “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi direktori lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.
2017 y. - h.v. “O’zstandart” agentligi Bosh direktori o‘rinbosari lavozimida ishlamoqda.