Oʼzbekiston texnik jihatdan
tartibga solish agentligi


FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati



Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslar O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb yuritiladi) faoliyati to‘g‘risida axborot olish huquqiga ega. Yuqoridagi qonun va hukumat qarorlarini bajarish maqsadida rasmiy veb-saytning tegishli bo‘limlarida quyidagi ma’lumotlar joylashtirilgan:

1. O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga, normativ va boshqa hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ushbu hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
2.
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning, normativ va boshqa hujjatlarning loyihalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
3.
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan o‘tkaziladigan ommaviy tadbirlar (majlislar, kengashlar, uchrashuvlar, matbuot konferensiyalari, brifinglar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqalar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
4.
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi agentligi tomonidan o‘tkaziladigan (tashkil etiladigan) ochiq tanlovlar (tenderlar) va kimoshdi savdolari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
5. Bo‘sh ish o‘rinlari, ishga qabul qilish shartlari va bo‘sh ish o‘rinlarini egallash uchun nomzodlarga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.