Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanidagi “Yakkabog‘ voha teks” mas’uliyati cheklangan jamiyati paxta xomashyosidan yuqori sifatli ip-kalava ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
Korxonada ishlab chiqarishni zamonaviy texnologik uskunalar bilan jihozlash, mahalliy xomashyoni sifatli qayta ishlash, eksportga mo‘ljallangan raqobatbardosh sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Prezidentimizning 2016-yil 21-dekabrdagi “2017-2019-yillarda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilayotir.
– Joriy yil aprel oyida ish boshlagan korxonamizda qisqa vaqt ichida 150 tonnadan ziyod mahsulot ishlab chiqarildi, – deydi “Yakkabog‘ voha teks” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Muhsin Fayzullayev. – Xorijdan keltirib o‘rnatilgan zamonaviy dastgohlar yiliga 3 ming tonna ip-kalava ishlab chiqarish quvvatiga ega. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarimizning asosiy qismi eksportga yo‘naltiriladi. Kelajakda mahsulot ishlab chiqarish hajmini yanada oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratishni rejalashtirganmiz.
Bu yerda mehnat qilayotgan 100 dan ortiq ishchi-xizmatchining aksariyati kasb-hunar kollejini bitirgan yoshlardir. Ularning samarali mehnat qilishi uchun barcha sharoit va qulayliklar yaratilgan. Ishga kelib-ketishi uchun maxsus transport vositalari, tibbiy yordam ko‘rsatish maskani va alohida dam olish xonalari ishchilar ixtiyorida.
– Kollejni tamomlagach, shu yerga ishga kirdim, – deydi yigiruv sexi ishchisi Nilufar Tolipova. – Zamonaviy korxonada ahil jamoa bilan mehnat qilayotganimdan xursandman. Ishimga yarasha haq olayapman. Uyimizga yaqin joyda ishlayotganimdan oilamdagilar ham mamnun.
Korxonada ish tizimli yo‘lga qo‘yilgan. Dastlab, xomashyo tayyorlov sexida tozalanadi va titiladi. So‘ng taroq sexiga o‘tkaziladi va lenta qilib chiqariladi. Undan piliklash dastgohiga o‘tkaziladi. Piliklangan o‘ramlar har birida 360 dona urchiqli 6 yigiruv sexida ip-kalava qilinadi. Mana shu jarayonlardan o‘tgan mahsulotlar zamonaviy laboratoriyada tekshiriladi, qadoqlanib, eksportga yo‘naltiriladi. Korxona to‘liq quvvat bilan ishlay boshlagach, texnik va texnologik yangilash hisobiga ip yigiruv sexlarini kengaytirish orqali ishlab chiqarish quvvatini oshirish, paxta tolasidan tayyorlangan ip- kalavadan gazlama tayyorlashni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan. Bu yana yuzlab yangi ish o‘rinlari yaratish imkonini beradi.
Manba: O‘zA
- Bosh sahifa
- Agentlik haqida
- Hujjatlar
- Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari
- Normativ huquqiy hujjatlar loyihalari (muhokama)
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari
- Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari
- Boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar
- Kuchini yoʻqotgan hujjatlar
- Agentlik me'yoriy hujjatlari
- Me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari
- Huquqiy savodxonlik
- Axborot xizmati
- Press - reliz
- E`lonlar va tenderlar
- Videogalereya
- Fotogalereya
- Yangiliklar
- Nashrlar va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariyati maʼruzalari
- Konstitutsiya sahifasi
- Tahliliy ma'lumotlar
- Sohaga oid ko'rsatkichlar
- Ochiq materiallar ro'yhati
- Cheklangan ma’lumotlar ro‘yhati
- Davlat dasturlari
- Byudjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochiq ma'lumotlar
- Yoshlar siyosati
- Axborotni taqdim etishga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslar
- Axborot materiallari ro‘yhati
- Ochiq hay’at majlisi Nizomi
- Faoliyat
- Xizmatlar
- Elektron hukumat
- Bogʻlanish