O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 4 aprelidagi PQ-2514-son bilan, 2015 yil 29 maydagi Burabay (Qozoqiston Respublikasi) shahrida MDH hukumat boshliqlari Kengashi yig‘ilishida imzolangan «O‘lchov vositalarini tekshirish va kalibrlash, metrologik attestatsiya qilish, turini tasdiqlash maqsadida sinov natijalarini o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi kelishuv» tasdiqlandi. Mazkur Qaror 2016 yil 11 aprel kunidan boshlab kuchga kirdi. 

«O‘lchov vositalarini tekshirish va kalibrlash, metrologik attestatsiya qilish, turini tasdiqlash maqsadida sinov natijalarini o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi kelishuvi», MDH ga a’zo davlatlari doirasida metrologik attestatsiya qilish, sinov natijalarini o‘zaro tan olish yo‘li bilan import bo‘yicha kirib kelayotgan o‘lchov vositalarini tekshirish va kalibrlash protseduralarini soddalashtirishga yo‘naltirilgan.

Ma’lumot uchun: Ushbu Kelishuv MDH davlatlari - standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha Davlatlararo Kengashi (MGS) tashabbusi bilan MDH hukumatlari boshliqlari kun tartibiga kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasi, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (“O‘zstandart” agentligi) nomidan 1992 yil 13 martdan boshlab, MGS rasman a’zosi hisoblanadi hamda standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida barcha davlatlararo loyiha va tadbirlarda faol ishtirok etadi.