Mamlakatimizda turizm industriyasini yanada rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirish, yurtimizga kelayotgan xorijlik sayyohlar oqimini ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining “Turizm to‘g‘risida”gi qonuni, Prezidentimizning 2016-yil 2-dekabrdagi "O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda.
Mazkur hujjatlar ijrosiga Qashqadaryo viloyatida ham alohida e’tibor qaratilib, hududda turizmni yanada rivojlantirishning yaxlit konsepsiyasini ishlab chiqish, hududlarda yangi turizm mahsulotlari yaratish va uni jahon bozorida targ‘ib qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Soha rivojida xalqaro tajribadan keng foydalanish, hududlarda yangi turizm yo‘nalishlari tashkil etish va ularni pasportlashtirish, ichki va tashqi turizm bo‘yicha milliy va hududiy dasturlar ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.
– Viloyatimizda turizmni rivojlantirish uchun yuksak salohiyat mavjud, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Qashqadaryo viloyati vakolatli vakili Otabek Olimjonov. – Boy madaniy merosga ega hududda muqaddas qadamjolar, qadimiy obidalar va ekoturizmni rivojlantirish uchun qulay manzillar ko‘p. Viloyatda hududiy turistik mahsulotlarni xorij bozoriga chiqarish, tabiiy va tarixiy-madaniy manzillar bo‘yicha yangi sayyohlik yo‘nalishlari ishlab chiqish, turistik xizmatlar sifatini yanada yaxshilash doimiy e’tiborda.
Shahrisabz shahrining tarixiy markazida barpo etilgan zamonaviy uy-joylar hunarmandlar va tadbirkorlarga uzoq muddatli imtiyozli kredit asosida berilmoqda. Ikki qavatli bunday uy-joylarning birinchi qavatida hunarmandlik mahsulotlari sotiladigan savdo majmualari, ikkinchi qavatida uy-mehmonxonalari tashkil etilayotir.
Turizmni yanada rivojlantirish uchun ko‘plab istiqbolli loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan. "Shahrisabz vino-aroq” aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda Kitob tumani tokzorlarida oliy navli uzum mahsuloti bo‘lgan vino degustatsiyasini tashkil qilish orqali agroturizmni rivojlantirish, ekstremal turizm sohasida Muborak tumanidagi cho‘llarda kvadrotsikllarda safar uyushtirish, tarixiy-madaniy turizm bo‘yicha Shahrisabz shahri markazida “Zafarli yurish” va “Shoh bazmi” teatrlashtirilgan tomoshalarini muntazam tashkil etish, uloq-ko‘pkari musobaqalarini Kitob tumanining Qaynar qishlog‘ida yil davomida muntazam o‘tkazish loyihalari shular jumlasidandir. 2017-yilning avgust oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan "Hunarmandlar festivali” ham viloyatda turizmni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Ekoturizmni rivojlantirishda Shahrisabz tumanida qurilayotgan “Village Eco Park” majmuasi muhim ahamiyatga ega. Mazkur loyiha mehmonxona, restoran, kafe, sport maydonchalari va attraksionlarni o‘z ichiga oladi. Majmua 2018-yilda foydalanishga topshiriladi.
Viloyatda turistik resurslardan samarali foydalanish, ko‘rsatilayotgan xizmat turlarini ko‘paytirish va sifatini zamon talablariga moslashtirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz tomonidan yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar tufayli Qashqadaryoda 30 mehmonxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Yildan-yilga ularning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, zamon talablari darajasida yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish imkoniyati kengaymoqda.
Qashqadaryo viloyati turizm sohasini 2017-2018-yillarda kompleks rivojlantirish dasturi asosida 2018-yilda viloyatdagi mehmonxonalar sonini 45 taga yetkazish rejalashtirilgan. Jumladan, Qarshi shahrida 8 yangi zamonaviy mehmonxona, Shahrisabz shahrida 5 uy-mehmonxonasi va 2 yangi zamonaviy mehmonxona faoliyat boshlaydi.
Bularning barchasi viloyatga keluvchi sayyohlar sonining ortishi, eng muhimi, aholi bandligini ta’minlash va kelajakda Qashqadaryo viloyatini sayyohlar, tarixchi olimlar va ziyoratchilar ko‘p keladigan sevimli maskanga aylantirishga xizmat qiladi.
- Bosh sahifa
- Agentlik haqida
- Hujjatlar
- Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari
- Normativ huquqiy hujjatlar loyihalari (muhokama)
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari
- Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari
- Boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar
- Kuchini yoʻqotgan hujjatlar
- Agentlik me'yoriy hujjatlari
- Me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari
- Huquqiy savodxonlik
- Axborot xizmati
- Press - reliz
- E`lonlar va tenderlar
- Videogalereya
- Fotogalereya
- Yangiliklar
- Nashrlar va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariyati maʼruzalari
- Konstitutsiya sahifasi
- Tahliliy ma'lumotlar
- Sohaga oid ko'rsatkichlar
- Ochiq materiallar ro'yhati
- Cheklangan ma’lumotlar ro‘yhati
- Davlat dasturlari
- Byudjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochiq ma'lumotlar
- Yoshlar siyosati
- Axborotni taqdim etishga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslar
- Axborot materiallari ro‘yhati
- Ochiq hay’at majlisi Nizomi
- Faoliyat
- Xizmatlar
- Elektron hukumat
- Bogʻlanish