Prezidentimiz 3-iyun kuni Andijon shahridagi “Yoyilma” mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurdi.
Davlatimiz rahbari mahalla hayoti bilan tanishib, odamlar bilan muloqot qildi. Mahalla fuqarolar yig‘ini guzari qurilishi loyihasi, hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi. Bu yerda mahalla raisi, kotib va maslahatchilar, profilaktika inspektori uchun alohida xizmat xonalari bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, kutubxona, mini market, qariyalar dam olish joyi, bolalar maydonchasi, favvora, trenajyor maydoni, sartaroshxona, "Go‘zallik saloni", novvoyxona qurilmoqda.
Farzandlarimizni bolaligidan go‘zal xulqli, madaniyatli qilib tarbiyalashimiz lozim, dedi Prezidentimiz. Buning uchun munosib sharoit yaratishimiz kerak. Ular chiroyli, obod joylarda yashasa, ko‘p kitob o‘qisa, ma’naviy olami boy bo‘ladi, vatanparvar bo‘lib voyaga yetadi.
Yoyilma mahallasidagi 60 dan ortiq ko‘p qavatli uyda 5 ming 800 dan ziyod turli millat vakillari istiqomat qiladi. Hududda 8 bolalar maydonchasi, mini-futbol, basketbol, futbol maydonlari bor. Mahalla atrofida 1 kollej, 1 umumta’lim maktabi, 2 maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Prezidentimiz mahalladagi ko‘p qavatli uylar, kollej, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari atrofini yanada obodonlashtirish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi. Bunday obod mahallalarni ko‘paytirish kerakligini ta’kidladi.
Davlatimiz rahbari mahalla profilaktika inspektori Farruh G‘aniyev xonadonida bo‘ldi.
Profilaktika inspektorlarini mahallalar markazida xizmat uylari bilan ta’minlayotganimiz bejiz emas, dedi Shavkat Mirziyoyev. Profilaktika inspektori mahallada yashab, faollar bilan bamaslahat ish olib borsa, hududda ma’naviy muhit yaxshilanadi, jinoyat sodir etilmaydi. Bu aholining davlatga, kelajakka ishonchini oshiradi.
- Bosh sahifa
- Agentlik haqida
- Hujjatlar
- Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari
- Normativ huquqiy hujjatlar loyihalari (muhokama)
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari
- Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari
- Boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar
- Kuchini yoʻqotgan hujjatlar
- Agentlik me'yoriy hujjatlari
- Me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari
- Huquqiy savodxonlik
- Axborot xizmati
- Press - reliz
- E`lonlar va tenderlar
- Videogalereya
- Fotogalereya
- Yangiliklar
- Nashrlar va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariyati maʼruzalari
- Konstitutsiya sahifasi
- Tahliliy ma'lumotlar
- Sohaga oid ko'rsatkichlar
- Ochiq materiallar ro'yhati
- Cheklangan ma’lumotlar ro‘yhati
- Davlat dasturlari
- Byudjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochiq ma'lumotlar
- Yoshlar siyosati
- Axborotni taqdim etishga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslar
- Axborot materiallari ro‘yhati
- Ochiq hay’at majlisi Nizomi
- Faoliyat
- Xizmatlar
- Elektron hukumat
- Bogʻlanish