Joriy yilning 30 mart kuni “O’zstandart” agentligining katta majlislar zalida “Oziq-ovqat va yengil sanoatda sifatni nazorat qilish uchun zamonaviy laboratoriya uskunalari” mavzusidagi seminar bo’lib o’tdi.
Seminarda Respublika va hududiy markazlardan 50 dan ortiq sinov laboratoriyalari mutaxassislari, shuningdek “Metrologiya xizmatlarini ko’rsatish markazi” hodimlari ishtirok etishdi.
Seminarni laboratoriya uskunalarini ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi “SHIMADZU”, ”METTLER TOLEDO” va ”FORTEK” kabi korxonalarning mutaxassis vakillari o’tkazishdi.Taklif etilgan mutaxassislar seminar davomida oziq-ovqat va yengil sanoat yo’nalishlaridagi zamonaviy laboratoriya uskunalari haqida to’liq tuchuncha berishdi va tinglovchilarning qiziqtirgan barcha savollariga javob berishdi.