“O‘zstandart” agentligi Bosh direktori tomonidan tasdiqlangan “2016 yil 1-yarim yillikda viloyatlardagi shahar va tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli rejasi”ga muvofiq joriy yilning 24 mart kuni Xorazm viloyatining Xiva tumanida faoliyat yurutuvchi jismoniy va yuridik shaxslar bilan “Sayyor qabul” uchrashuvi o‘tkazildi.
Uchrashuvda Xiva tumani hokimi E.Yakubov, “O’zstandart” agentligi Matbuot, axborot-tahlil va ijro nazorati kotibiyati mudiri A.Rasulov, “Respublika SSM” DK direktori J.Shukurov, Xorazm SMB boshlig‘i R.Bekchanov va “Xorazm SSM” DK direktori A.Xudoyberganov qatnashdilar. Uchrashuvni Xiva tumani xokimi ochib bergandan so‘ng, Respublika markazi direktori so‘zga chiqib Respublika va uning hududiy markazlari tomonidan hukumat qarorlarini ijrosi to‘g‘risida yig‘ilish qatnashchilariga ma’lumot berdi. Shundan so‘ng Xorazm SMB va SSM faoliyatiga bag‘ishlangan va ular tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar to‘g‘risida video rolik namoyish etildi.
Shuningdek yig‘ilish qatnashchilari tomonidan viloyatdagi tadbirkorlar, qo‘shma korxona vakillari, kichik va o‘rta biznes sub’ektlarining o‘zlarini qiziqtirgan va bugungi kundagi dolzarb mavzularga oid savollariga javob berildi. Ushbu sayyor qabul samarali va keng qamrovda o‘tishini ta’minlash maqsadida fuqarolarga sayyor qabullarda o‘zlarini qiziqtirgan savollar va muammolar bilan qantashishi mumkinligi yana bir bor eslatib o‘tildi.
Yig‘ilish so‘ngida fuqaro va tabirkorlik sub’ektlari tomonidan “O‘zstandart” agentligi tizimiga tegishli bo‘lgan o‘lchov vositalari ustidan davlat metrologik tekshiruvi, korxonalarga sifat tizimini joriy etishning afzalliklari, sertifikatlashtirish idoralarining faoliyati va standartlashtirish va metrologiya yo‘nalishlaridagi hamda sohani rivojlantirishga qaratilgan me’yoriy huquqiy xujjatlarning ahamiyatiga doir yangiliklardan to‘liq tushunchaga ega bo‘lganliklari bildirildi
- Bosh sahifa
- Agentlik haqida
- Hujjatlar
- Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari
- Normativ huquqiy hujjatlar loyihalari (muhokama)
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari
- Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari
- Boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar
- Kuchini yoʻqotgan hujjatlar
- Agentlik me'yoriy hujjatlari
- Me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari
- Huquqiy savodxonlik
- Axborot xizmati
- Press - reliz
- E`lonlar va tenderlar
- Videogalereya
- Fotogalereya
- Yangiliklar
- Nashrlar va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariyati maʼruzalari
- Konstitutsiya sahifasi
- Tahliliy ma'lumotlar
- Sohaga oid ko'rsatkichlar
- Ochiq materiallar ro'yhati
- Cheklangan ma’lumotlar ro‘yhati
- Davlat dasturlari
- Byudjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochiq ma'lumotlar
- Yoshlar siyosati
- Axborotni taqdim etishga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslar
- Axborot materiallari ro‘yhati
- Ochiq hay’at majlisi Nizomi
- Faoliyat
- Xizmatlar
- Elektron hukumat
- Bogʻlanish