Safar davomida “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori A. Xaitov Turkiya akkreditatsiya tashkilotida ham bo‘ldi
“O‘zstandart” agentligi Bosh direktorining Turkiya Respublikasiga xizmat safari doirasida, Turkiya akkreditatsiya tashkiloti bilan akkreditatsiya sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalasi ham bor edi.
Joriy yilning 28-29 aprel kunlari “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori A. Xaitov, Turkiya akkreditatsiya tashkiloti Bosh sekretari (TURKAK) - Doktor Ibrohim Xalil Chetin bilan muzokaralar o‘tkazildi.
Unga ko‘ra, Turkiya akkreditatsiya tashkiloti akkreditatsiya sohasida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikdagi ishlari yuzasidan ko‘rgazmali taqdimot qilindi.
E’tiborli tomoni shundaki, hozirgi kunda Turkiya akkreditatsiya tashkiloti sertifikati butun dunyoda tan olinadi.
Muzokaralar natijalariga ko‘ra, akkreditatsiya sohasi bo‘yicha O‘zbekiston-Turkiya akkreditatsiya tashkilotlari hamkorlikda 2017-2019 yillarga mo‘ljallangan dasturi ham imzolandi.
Mazkur hamkorlik doirasida “O‘zstandart” agentligi tizimi xodimlari Turkiya akkreditatsiya tashkilotida o‘z malakalarini oshirish bilan birgalikda, ilmiy-amaliy seminar–treninglarni tashkil etish va uni o‘tkazishga kelishib oldilar.
“O‘zstandart” agentligi Matbuot xizmati.