Ma’lumki Respublikamizda 12-13 mart kunlari umumxalq hashari deb e’lon qilindi. Barcha joylarda bo‘lgani kabi “O‘zstandart” agentligi jamosining tashabbusi bilan 12 mart kuni xayriya hashari o‘tkazildi.
Unda tizimdagi barcha korxona va tashkilotlarning xodimlari qatnashib binolarning ichki va tashqi hovlilari, yo‘laklar tozalanib, daraxtlar oqlanib ishlov berildi.
Birdamlik ruhida tashkillashtirilgan mazkur hashar bahona agentlikda uzoq yillardan buyon mehnat qilayotgan yoshi ulug‘ ustozlar, yoshlarga hashar ota-bobolarimizdan bizga meros bo‘lib kelayotgan ulkan qadryat ekanlagi, unda barcha birdek ishtirok etishi zarurligi haqida gapirdilar.