Audiometrlarni qiyoslash va kalibrlash
Audiometrlar o‘zidan tadqiqot priborlarini ifodalaydi va aniqlik tavsiflariga nisbatan ularga ma’lum talablar qo‘yiladi. Bu yerda har bir chastotada eshitish qobiliyatining yo‘qolish kattaliklarini aniqligini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Kichik xatolikni ta’minlash uchun foydalanishda bo‘lgan har bir audiometr tegishli tarzda kalibrlangan bo‘lishi talab qilinadi. Xususan, chastotalarning har birida o‘lchash signalining, pribor ishchi panelida joiz xatolik chegaralarida u yoki boshqa tarzda ko‘rsatiladigan, o‘rnatilayotgan eshitish qobiliyatining yo‘qolish qiymatlaridan istalganiga haqiqatdan mos bo‘ladigan darajalari xosil qilinishi zarur.
Hozirgi vaqtda “MXKM” DKda audiometrlarni qiyoslash va kalibrlash o‘zlashtirilgan bo‘lib, ushbu yo‘nalish bo‘yicha o‘lchashlarda akkreditatsiya doirasini kengaytirish ishlari olib borilmoqda.