2016 yilning 5-mart kuni “O‘zstandart” agentligining katta majlislar zalida, 8-mart halkaro-xotin qizlar bayrami munosabati bilan, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish tizimida fidoiylik bilan mehnat qilayotgan barcha ayollar uchun bayram dasturi tashkil etildi.
Yig‘ilishda “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori Abdusalom Kurbonov ishtirok etib, bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlarga berilayotgan xurmat, ehtirom va g‘amho‘rliklar haqida gapirib, aynan “O‘zstandart” agentligi tizimida mehnat qilayotgan xotin-qizlarimizning faoliyatlariga yuksak baho berdi.
Shundan so‘ng bayram dasturiga taklif kilingan halkimizning mexriga sazovor bo‘lgan sana’tkorlar Alisher Ro‘zmetov va Sobirjon Muminovlar bayram ishtirokchilarini o‘z qo‘shiqlari bilan xursand qildilar. Albatta agentlik rahbariyati tomonidan berilayotgan bunday e’tibor xotin-qizlarimizning g‘ayratlariga- g‘ayrat qo‘shadi deb umid qilamiz.