O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2016-yil 5-oktabr kuni Samarqand viloyatiga tashrifi chog‘ida Samarqand shahrida transport tizimini yanada yaxshilash masalasiga alohida e’tibor qaratgan va aholiga qulaylik yaratish hamda shahar atrof-muhiti musaffoligini ta’minlash borasida zamonaviy tramvay liniyalarini barpo etish zarurligini ta’kidlagan edi.
O‘gan qisqa vaqtda tegishli tashkilotlar tomonidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirildi. Shahar ko‘chalarida po‘lat izlar yotqizildi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 15-aprel kuni Samarqand shahrida Temiryo‘l vokzali – Sartepa yo‘nalishi bo‘yicha tramvay qatnovi yo‘lga qo‘yilishiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etdi.
Davlatimiz rahbari "Tarix muzeyi" bekatidan "Temir yo‘l vokzali" bekatigacha viloyat faollari bilan birga tramvayda keldi. Samimiy muloqot chog‘ida mamlakatimiz hududlarida amalga oshirilayotgan islohotlar, aholi farovonligini yanada oshirishga qaratilayotgan e’tibor haqida so‘z bordi.
Ikki tomonlama qatnovga mo‘ljallangan yo‘lda elektr bilan ta’minlovchi to‘rtta podstansiya va bitta depo qurildi. Temir yo‘l vokzali bilan Sartepa oralig‘idagi 6,4 kilometrlik yo‘nalishda 8 tramvay harakatlanadi.
Prezidentimiz tramvaylarni boshqarish uchun malakali haydovchilar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish kerakligini alohida ta’kidladi.
Samarqand shahrida to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha 20 tramvay qatnovi yo‘lga qo‘yilishi belgilangan. Mazkur yo‘nalishdan tashqari kelgusida Temir yo‘l vokzali – Siyob dehqon bozori, Temir yo‘l vokzalidan Spitamen ko‘chasi orqali Kimyo zavodigacha, Temir yo‘l vokzalidan Narpay ko‘chasi orqali Kimyogarlar qo‘rg‘onigacha tramvay liniyalari ochiladi.
- Bosh sahifa
- Agentlik haqida
- Hujjatlar
- Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari
- Normativ huquqiy hujjatlar loyihalari (muhokama)
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari
- Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari
- Boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar
- Kuchini yoʻqotgan hujjatlar
- Agentlik me'yoriy hujjatlari
- Me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari
- Huquqiy savodxonlik
- Axborot xizmati
- Press - reliz
- E`lonlar va tenderlar
- Videogalereya
- Fotogalereya
- Yangiliklar
- Nashrlar va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariyati maʼruzalari
- Konstitutsiya sahifasi
- Tahliliy ma'lumotlar
- Sohaga oid ko'rsatkichlar
- Ochiq materiallar ro'yhati
- Cheklangan ma’lumotlar ro‘yhati
- Davlat dasturlari
- Byudjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochiq ma'lumotlar
- Yoshlar siyosati
- Axborotni taqdim etishga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslar
- Axborot materiallari ro‘yhati
- Ochiq hay’at majlisi Nizomi
- Faoliyat
- Xizmatlar
- Elektron hukumat
- Bogʻlanish