Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Chilonzor tumanidagi “Katta Xirmontepa” va “Yakkatut” mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘ldi.
Mahalla fuqarolar yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarishning chinakam xalqona instituti sifatida jamiyatimizdan mustahkam o‘rin egallagan. Bu xalq bilan muloqot qilish va inson manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan ezgu vazifalarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etayotir.
“Katta Xirmontepa” mahallasida asosan ko‘p qavatli uylar joylashgan. Davlatimiz rahbari mahalla hududi bilan tanishdi. Ko‘p qavatli uylar, maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar atrofini obodonlashtirish, yo‘laklarni ta’mirlash bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.
Maktab – ta’lim-tarbiya maskani. Bu joydagi obodonlashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratish zarur, dedi Prezidentimiz. Ta’lim muassasalari oldida doimo gul ekilgan, saronjom-sarishta bo‘lishi kerak.
Shavkat Mirziyoyev shu yerda yashovchi aholi xonadonlarida bo‘lib, ular bilan suhbatlashdi.
“Yakkatut” mahallasida ikkita maktabgacha ta’lim muassasasi, ikkita maktab, ikkita kollej faoliyat yuritmoqda.
Prezidentimiz mazkur mahalla hayoti bilan tanishdi, xalq bilan muloqot qildi.
Shu yerda davlatimiz rahbariga Toshkent shahrida qurilishi rejalashtirilgan namunaviy mahalla markazlari loyihalari haqida axborot berildi.
Joriy yilning mart oyida Prezidentimiz Yunusobod tumanidagi Uvaysiy nomidagi mahallada bo‘lib, bu yerda fuqarolar yig‘ini xodimlari, profilaktika inspektori va aholi uchun yaratilgan qulay sharoitlar bilan tanishar ekan, poytaxtimiz, qolaversa, mamlakatimizning barcha hududlarida mana shunday mahalla markazlarini bunyod etish haqida ko‘rsatmalar bergan edi.
Mahallalar o‘z zimmasidagi vazifalarni samarali bajarishi uchun huquqiy asoslar bilan birga, yetarli shart-sharoitlarga ham ega bo‘lmog‘i lozim, dedi Prezidentimiz.
Taklif etilayotgan yangi mahalla markazlari loyihasida mahalla raisi, kotib va maslahatchilar, profilaktika inspektori uchun alohida xonalar bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Bu xalqimizga xos hamjihatlik, mehr-oqibat fazilatlarini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
Davlatimiz rahbarining tavsiyasiga ko‘ra, profilaktika inspektori o‘zi ishlaydigan mahalla hududida yashashi lozim. Bu profilaktika inspektori mahalladagi har bir xonadon bilan yaqin muloqot o‘rnatishi, ko‘chalar va jamoat joylarini qat’iy nazoratga olishida muhim ahamiyatga ega.
Profilaktika inspektorlarini xizmat uylari, imtiyozli kreditlar hisobiga mashinalar bilan ta’minlash, ularning yashashi va samarali ishlashi uchun barcha sharoitlarni yaratish bo‘yicha zarur topshiriqlar berildi.
Mahalla markazlarida choyxona, novvoyxona, "Go‘zallik salonlari", do‘konlar, sport va bolalar maydonchalari bo‘lishi odamlarning zarur ehtiyojlarini qondirish bilan birga, hududdagi ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga ham xizmat qiladi.
Mahalla xalq bilan davlat o‘rtasidagi ko‘prik bo‘lishi kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev. Odamlarning quvonchu tashvishidan doimo xabardor bo‘lish mahallaning asosiy vazifasidir.
- Bosh sahifa
- Agentlik haqida
- Hujjatlar
- Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari
- Normativ huquqiy hujjatlar loyihalari (muhokama)
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari
- Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari
- Boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar
- Kuchini yoʻqotgan hujjatlar
- Agentlik me'yoriy hujjatlari
- Me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari
- Huquqiy savodxonlik
- Axborot xizmati
- Press - reliz
- E`lonlar va tenderlar
- Videogalereya
- Fotogalereya
- Yangiliklar
- Nashrlar va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariyati maʼruzalari
- Konstitutsiya sahifasi
- Tahliliy ma'lumotlar
- Sohaga oid ko'rsatkichlar
- Ochiq materiallar ro'yhati
- Cheklangan ma’lumotlar ro‘yhati
- Davlat dasturlari
- Byudjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochiq ma'lumotlar
- Yoshlar siyosati
- Axborotni taqdim etishga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslar
- Axborot materiallari ro‘yhati
- Ochiq hay’at majlisi Nizomi
- Faoliyat
- Xizmatlar
- Elektron hukumat
- Bogʻlanish