"Agar mendan dunyodagi eng aziz ne’mat nima, deb so‘rashsa, hech ikkilanmay tinchlik, deya javob berardim. Buni biz kabi Ikkinchi jahon urushining dahshatli uqubatlarini o‘z ko‘zi bilan ko‘rganlar hammadan ko‘ra yaxshiroq biladi. Bugungi dorilomon, tinch-totuv kunlarni, to‘kin va farovon hayotni ko‘zlarimga surtgim keladi".
Bu poytaxtimizning Olmazor tumanidagi Omonat mahallasida yashovchi 92 yoshli otaxon, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Abbos Appanovning so‘zlari.
1939-yil. Endigina maktabni tugatgan Abbosni bilimga chanqoqligi, jamoat ishlaridagi faolligi, chet tillarni yaxshi o‘zlashtirgani uchun maktabga o‘qituvchilikka taklif etishdi. Ayni navqiron yoshdagi yigit o‘zbek tili va adabiyoti fanidan o‘quvchilarga saboq bera boshladi.
Urush boshlanib, ko‘plab yigitlar qatori u ham xizmatga otlandi...
Ikkinchi jahon urushi janggohlaridan sog‘-omon qaytgach, o‘zi ishlagan maktabda o‘qituvchilik qila boshladi. Yosh avlodga ta’lim-tarbiya berib, mahalladagi ko‘plab ezgu amallarga bosh-qosh bo‘ldi. Abbos ota 60-yildan ziyodroq shahrimizdagi ko‘plab umumta’lim maktablarida o‘quvchilarga nemis, ingliz va rus tillaridan saboq bergan, maktab direktori lavozimida xizmat qilgan. Bugun uning ko‘plab shogirdlari turli sohalarda faoliyat yuritib, mamlakat taraqqiyoti uchun xizmat qilayotir. Abbos otaning samarali mehnati munosib rag‘batlantirilib, "Xalq maorifi a’lochisi" ko‘krak nishoni, "Jasorat" medali, “Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 70-yilligi” esdalik yubiley medali bilan taqdirlangan. U O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Respublika ta’lim markazining faxriylar kengashi a’zosi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 4-apreldagi "Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori urush qatnashchilarini e’zozlash borasidagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tardi. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Abbos ota ham tinchlik-osoyishtalikning ahamiyatini yoshlar o‘rtasida tushuntirish, targ‘ib va tashviq etish bo‘yicha madaniy-ma’rifiy va vatanparvarlik yo‘nalishidagi tadbirlarda faol ishtirok etmoqda.
Abbos ota uch o‘g‘il, to‘rt qizni uyli-joyli qilib, el qatoriga qo‘shdi. Solih farzandlar, nabirayu chevaralari davrasida umrguzaronlik qilayotgan otaxon istiqlolga shukrona aytib, el-yurtga tinchlik, farovonlik tilab yashamoqda. Boboning tabarruk xonadoni hamisha gavjum. Piru badavlat otaxonning katta oilasidagi totuvlik, fayzu barakaga barchaning havasi keladi.
– Hozirgi zamonaviy maktablarga borsam, o‘zimni mo‘jizalar olamiga tushib qolganday his etaman, – deydi otaxon. – Zamonaviy andozalar asosida barpo etilgan, barcha zarur o‘quv jihozlari bilan ta’minlangan yorug‘ va shinam xonalarda dars o‘tayotgan o‘qituvchilarga havasim keladi.
Otaxon jamoat ishlarida faol. U katta hayot tajribasiga ega nuroniy sifatida yoshlarni sog‘lom va barkamol etib voyaga yetkazish, tinchlikning qadriga yetish, oilalar totuvligini ta’minlash, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlashda qimmatli maslahat va yo‘l-yo‘riqlarini ayamay kelmoqda.
- Bosh sahifa
- Agentlik haqida
- Hujjatlar
- Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari
- Normativ huquqiy hujjatlar loyihalari (muhokama)
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari
- Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari
- Boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar
- Kuchini yoʻqotgan hujjatlar
- Agentlik me'yoriy hujjatlari
- Me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari
- Huquqiy savodxonlik
- Axborot xizmati
- Press - reliz
- E`lonlar va tenderlar
- Videogalereya
- Fotogalereya
- Yangiliklar
- Nashrlar va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariyati maʼruzalari
- Konstitutsiya sahifasi
- Tahliliy ma'lumotlar
- Sohaga oid ko'rsatkichlar
- Ochiq materiallar ro'yhati
- Cheklangan ma’lumotlar ro‘yhati
- Davlat dasturlari
- Byudjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochiq ma'lumotlar
- Yoshlar siyosati
- Axborotni taqdim etishga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslar
- Axborot materiallari ro‘yhati
- Ochiq hay’at majlisi Nizomi
- Faoliyat
- Xizmatlar
- Elektron hukumat
- Bogʻlanish