Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Germaniya jamiyati (GIZ) tomonidan tashkil etilgan “Xalkaro talablar va eng yaxshi amaliyot, standartlar va texnik reglamentlar ishlab chiqishda davlat va xususiy sektorning dialogi mexanizmi” mavzusida “O‘zstandart” agentligida joriy yilning 16 fevralida seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda “Germaniya standartlari instituti” (DIN) tomonidan taklif etilgan ekspert ma’ruzachilar janob Bernd Maskos va janob Frank Shmidt o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.
Seminarda standartlashtirish soxasidagi vazirlik va idoralar, texnik kometetlarning 50 dan ortiq mutaxasislari ishtirok etdilar.
Seminar ishtirokchilari O‘zbekiston standartlashtirish tizimida xalqaro amaliyotni qo‘llashda yordam beradigan, xalqaro talablarga muvofiq standarlar va texnik reglamentlarni ishlab chiqish jarayonlarini uyg‘unlashtirish sohasida o‘z bilim darajalarini oshirdilar. Seminar yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar taqdim etildi.