Andijon viloyati Buloqboshi tumanida “Fuqarolik jamiyatini shakllantirishda xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishning dolzarb vazifalari” mavzusida ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Andijon viloyati kengashi, Buloqboshi tumani hokimligi hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, boshlang‘ich partiya tashkilotlari raislari, partiya faollari, kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilari, jurnalistlar ishtirok etdi.
Prezidentimiz rahnamoligida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, salomatligini muhofaza qilish, intilish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularga munosib mehnat va yashash sharoitlarini yaratishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
– Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, xotin-qizlarning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonidagi faol ishtirokini yuksaltirish, siyosiy va huquqiy bilimini, yosh avlod tarbiyasidagi mas’uliyatini yanada oshirishda partiya quyi tashkilotlari oldida turgan vazifalarni tahlil qilishdan iborat, – deydi O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat kengashi ijroiya qo‘mitasi devoni rahbari H.Omonov. – Shuningdek, partiyamiz a’zosi bo‘lgan faol xotin-qizlarning ana shu jarayonlardagi tashabbuskorlik va yetakchilik qobiliyatini yuksaltirish, bu boradagi ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirishdir.
Seminarda partiyaning ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlari tomonidan xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.
- Bosh sahifa
- Agentlik haqida
- Hujjatlar
- Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari
- Normativ huquqiy hujjatlar loyihalari (muhokama)
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari
- Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari
- Boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar
- Kuchini yoʻqotgan hujjatlar
- Agentlik me'yoriy hujjatlari
- Me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari
- Huquqiy savodxonlik
- Axborot xizmati
- Press - reliz
- E`lonlar va tenderlar
- Videogalereya
- Fotogalereya
- Yangiliklar
- Nashrlar va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariyati maʼruzalari
- Konstitutsiya sahifasi
- Tahliliy ma'lumotlar
- Sohaga oid ko'rsatkichlar
- Ochiq materiallar ro'yhati
- Cheklangan ma’lumotlar ro‘yhati
- Davlat dasturlari
- Byudjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochiq ma'lumotlar
- Yoshlar siyosati
- Axborotni taqdim etishga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslar
- Axborot materiallari ro‘yhati
- Ochiq hay’at majlisi Nizomi
- Faoliyat
- Xizmatlar
- Elektron hukumat
- Bogʻlanish