Navoiyda innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar hududiy yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, viloyat hududiy innovatsiya faoliyati va texnologiyalar transferi markazi, viloyat hokimligi va boshqa qator tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilgan yarmarkada 180 dan ortiq innovatsion ishlanma va ilmiy loyihalar namoyish etildi.
Prezidentimiz rahnamoligida innovatsion g‘oyalar va ilmiy izlanishlarni qo‘llab-quvvatlash, fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, yangi ishlanmalarni amaliyotga keng joriy etishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
Hududiy yarmarkada qator ilmiy institutlar hamda oliy o‘quv yurtlari tomonidan yaratilgan loyihalar ishlab chiqaruvchilarga taqdim etildi. Xususan, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar, kimyo, kon-metallurgiya sanoati uchun elektr tejamkor uskunalar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
– Yarmarkada yosh olim va tadqiqotchilarning ishlanmalari, innovatsion g‘oyalari keng namoyish etildi, – deydi Navoiy davlat konchilik instituti prorektori B.Muhiddinov. – Ayniqsa, yangi g‘oya va ishlanmalarni amaliyotga joriy etishda ko‘rgazmaning ahamiyati yuqori bo‘lmoqda. Yirik ishlab chiqaruvchilar va tadqiqotchilar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Tadbir davomida innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha 1 milliard 500 million so‘mlik shartnomalar imzolandi.
- Bosh sahifa
- Agentlik haqida
- Hujjatlar
- Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari
- Normativ huquqiy hujjatlar loyihalari (muhokama)
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari
- Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari
- Boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar
- Kuchini yoʻqotgan hujjatlar
- Agentlik me'yoriy hujjatlari
- Me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari
- Huquqiy savodxonlik
- Axborot xizmati
- Press - reliz
- E`lonlar va tenderlar
- Videogalereya
- Fotogalereya
- Yangiliklar
- Nashrlar va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariyati maʼruzalari
- Konstitutsiya sahifasi
- Tahliliy ma'lumotlar
- Sohaga oid ko'rsatkichlar
- Ochiq materiallar ro'yhati
- Cheklangan ma’lumotlar ro‘yhati
- Davlat dasturlari
- Byudjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochiq ma'lumotlar
- Yoshlar siyosati
- Axborotni taqdim etishga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslar
- Axborot materiallari ro‘yhati
- Ochiq hay’at majlisi Nizomi
- Faoliyat
- Xizmatlar
- Elektron hukumat
- Bogʻlanish