Qoraqalpog‘iston Respublikasining yeng chekka tumanlaridan biri Mo‘ynoq tumani aholisining turmush sharoitini yaxshilash maqsadida, 2 fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Joqarg‘i Kengashi raisi M.Yerniyazov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori E.Tadjiyev, tuman prokurori J.Yermashev, tuman xokimi K.Uteniyazov xamda mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida yangidan ochilgan “GOLD MUYNAR MASTERS” MChJda tashkil etilgan 158 ta ish o‘rni, shuningdek tumandan 18 km uzoqlikda joylashgan “O‘shsay” MFYda yashayotgan 100 ta xotin-qizlar xunarmandchilik bilan shug‘ullanish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.

Bunda xunarmandchilik bilan shug‘ullanuvchilarga zamonaviy tikuv mashinalari hamda yangi ish o‘rinlari bilan ta’minlangan xotin-qizlarga mexnat daftarchalari, korxona bilan tuzilgan shartnomalar tantanali tarqdim etildi.

Shundan so‘ng yangi ochilgan “GOLD MUYNAR MASTERS” MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishdi. “GOLD MUYNAR MASTERS” MChJ Xitoydan keltirilgan 99 ta zamonaviy tikuv mashinalari bilan ta’minlangan bo‘lib, korxona buyurtma asosida ish olib boradi.

Bu esa o‘z navbatida tuman axolisining turmush darajasini yaxshilashga, ertangi kunga bo‘lgan ishonchini oshishiga xizmat qiladi.