Yangi sinov usullari o‘zlashtirilmoqda
Akkreditatsiya doirasini kengaytirish va yangi sinov usullarini o‘zlashtirish maqsadida sinov laboratoriyalari majmuasiga raqamli vibrometr “UNI-T UT311”- harid qilindi.
Raqamli vibrometr “UNI-T UT311” tebranish tezligini o‘lchovchi asbob. Ushbu asbob maishiy elektrotexnika buyumlari, ishlab chiqarish dastgoxlari va ular ta’sirida ish joylarini tebranish tezligini aniqlash maqsadida qo‘llaniladi. Bu sinov laboratoriyalari majmuasi akkreditatsiya doirasini ish joylarini attestatsiyalash sinov usullari bilan kengaytirish imkonini beradi. Ushbu uskuna o‘zining kichik o‘lchamlari, yuqori sezuvchanligi, LCD displeyga egaligi, ishlatishdagi qulayliklari, energiya tejamkorligi va o‘lchash mobaynida ko‘rsatgichlarni bevosita hisoblab borish hususiyatlari bilan o‘zidan avvalgi uskunalardan afzal hisoblanadi.