O‘zbekiston va AQSh yadro kontrabandasiga qarshi kurash sohasida hamkorlik qilmoqda

AQSh va O‘zbekiston vakillari shu jumladan, “O’zstandart” Agentligi mutaxassislari, “Sanoatgeokontexnazorat” DI, Yadroviy xvfsizlik markazi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulotda vaziyatlar vazirlgi, masu’l xodimlari yadroviy qurol va boshqa radioaktiv moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi jinoyatchilar tahdidi borasidagi fikrlar bilan o‘rtoqlashish hamda ularning hukumatlari bilan bunday tahdidga qarshi kurashishni muhokama qilish maqsadida 2017 yil 1 fevral kuni Toshkentda uchrashuv o‘tkazdi.

Ushbu muhokama tomonlar o‘zaro kelishgan yadro kontrabandasiga qarshi kurash bo‘yicha qo‘shma reja doirasida amalga oshirilayotgan hamkorlikning davomi bo‘lib, rejada yadro va radioaktiv moddalar kontrabandasiga oid holatlarning oldini olish, aniqlash va kurashishda hukumatlar amalga oshiradigan sa’y-harakatlar o‘z aksini topgan. Uchrashuvda tomonlar ko‘zda tutilgan vazifalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi hamda bu sohadagi kelgusi hamkorlik xususida suhbatlashishdi.

Xozirda Respublikamizning xalqaro aeroportlarida, chegaramizda joylashgan temir va avtomobil yo‘llarining nazorat o‘tish punktlari zamonaviy radiaktiv moddalarni aniqlaydigan maxsus uskunalar va vositalar bilan jixozlangan. “O‘zstandart” Agentligi vakillari tomonidan bunday texnologik jixatdan murakkab bo‘lgan qurilmalarning metrologik ta’minotini yanada rivojlantirish uchun kalibrlovchi radiaktiv manbalar yetarli darajada emasligi ko‘rsatib o‘tildi. Bu borada AQSh tomonidan ionlanuvchi manbalar bilan ta’minlash imkonini o‘rganib chiqish kelishildi.

AQSh va O‘zbekiston o‘rtasidagi bunday hamkorlik kelgusida kontrabanda bilan shug‘ullanishning oldini olishda yordam beradi, potensial yadro kontrabandachilarini aniqlash va qonuniy ta’qib qilishni ta’minlaydi hamda AQSh, O‘zbekiston va butun dunyo hamjamiyati xavfsizligini mustahkamlaydi.