Sinov laboratoriyasi uchun zamonaviy uskuna harid qilindi.

Mamlakatimizda sifat infratuzilmasini rivojlantirish ustuvor masalalardan biri sifatida belgilangan bo‘lib, sifatni baholashda sinov laboratoriyalarining o‘rni juda katta.
Bu borada Samarqand viloyatida ham sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda. Hususan, Samarqand sinov va sertifikatlashtirish markazi Davlat korxonasi qoshidagi mashinasozlik laboratoriyasiga “AUT-100” nomli transport vositalarini sinash uskunasi xarid qilindi.
Endilikda transport vositalarining 20 dan ortiq agregatlari bo‘yicha ularning issiq va quruq iqlimda hamda tog‘li sharoitlarda haroratini o‘lchash imkoni paydo bo‘ladi. Hozirda laboratoriyaning akkreditatsiya doirasini kengaytirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Shuningdek, 2017 yil davomida 9 ta zamonaviy uskunalar harid qilish rejalashtirilgan bo‘lib, sifat milliy infratuzilmasini rivojlantirishda o‘z hissasini qo‘shish asosiy maqsad xisoblanadi.