Mahsulotlardagi "Muvofiqlik belgisi" bizga nima beradi?
Kundalik hayotimizda iste'molchi sifatida mahsulotlardan foydalanamiz. Mahsulotlardagi "muvofiqlik belgisi" nima ma'no anglatishi haqida hammamizda ham yetarlicha ma'lumot mavjud emas. O'zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning yorlig'iga yoki tovar transport yuk xatida qo'yiladigan ushbu belgi mahsulot sertifikatlanganligidan dalolat beradi. Har bir mahsulotning me'yoriy xujjatida sertifikatlashtirilganligi to'g'risida ma'lumot (muvofiqlik belgisi) ko'rsatish belgilangan bo'lib Adliya vazirligidan 2013 yil 11 oktabrda 2516-son bilan ro'yxatga olingan Milliy sertifikatlashtirish tizimida to'lovlarni amalga oshirish tartibiga asosan, sertifikatlashtirish idorasi va ishlab chiqaruvchi bilan kelishuvga asosan amalga oshiriladi. Shuningdek, ishonch hosil qilish uchun istemolchi muvofiqlik belgisi qo`yilgan mahsulotlar bo'yicha muvofiqlik sertifikatini talab qilish huquqiga ega. Shu o'rinda savdodagi mahsulotlarning sifatini nazorat qilishda har birimiz mas'ul ekanligimizni unutmasligimiz zarur.