Buxoro paxtasi endi ISO 9001:2015 talablariga javob beradi
Paxtani qayta ishlash va paxta mahsulotlarini ishlab chiqarish O‘zbekiston iqtisodiyotining eng muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi va ko‘p yillardan beri dunyoda paxta mahsulotlarini ishlab chiqarish bozorining yetakchilaridan biri hisoblanadi.
O‘zbekistonda har yili o‘tkazilayotgan paxta sanoatiga bag‘ishlangan xalqaro ko‘rgazmalar va anjumanlar, chet el mamlakatlarining O‘zbekiston paxta mahsulotlariga bo‘lgan qiziqishlarini ortirib borishiga xizmat qilmoqda. Bunday tadbirlar kelgusida O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan paxta mahsulotlarini chet elga eksport qilishda chet ellik hamkorlar bilan uzviy aloqalarini mustahkamlash uchun xizmat qiladi. Eng muhimi, dunyoning yakuniy paxta mahsulotini qayta ishlovchi yetakchi xaridor va is’temolchi tashkilotlari bilan yangi hamkorliklarni yo‘lga qo‘yishga imkoniyat beradi.
Mustaqillik yillarida, yurtimizda paxta tolalarini eksportga va ichki is’temolchilarga yetkazib berishdan avval, ularni tayyorlash, qayta ishlash, sifatini aniqlash va muvofiqlik sertifikatlarini berish kabi barcha bosqichlarni o‘z ichiga olgan, jahon bozori talablariga javob beradigan paxta tolasini eksport qilishning zamonaviy tizimi tashkil etildi.
Jahon bozorida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarining raqobatbardoshligi va sifatni oshirish maqsadida, “O’zbek-Turk Test Markazi” MChJ QK xodimlari tomonidan, Buxoro viloyatidagi
“Buxoro paxtasanoat xududiy filiali” HAJ, Kogon “Oltin tola” AJ, “Buxoro paxta tozalash” AJ, “Qorako‘l paxta tozalash” AJ, “G‘ijduvon paxta tozalash” AJ, “Peshku paxta tozalash” AJ, “Shofirkon paxta tozalash” AJ, “Romitan paxta tozalash” AJ, “Jondor paxta tozalash” AJ vа “Olot paxta tozalash” AJlarida sifat menejmenti tizimlari muvofaqqiyatli joriy etildi va sertifikatlandi.