Andijon SMB mutaxassislari tomonidan tadbirkorlarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28 aprel 2011 yildagi 122–sonli «Sertifikatlashtirish tartibotlarini va sifat menejmenti tizimlarini joriy etishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarorining «Sertifikatlashtirilishi majburiy bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxati» bo‘yicha ma’lumotlar berilib, me’yoriy hujjatsiz mahsulot ishlab chiqarish “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi qonunning 6-moddasi buzilish xolati ekanligi, bu bilan ishlab chiqarishni to‘xtatishgacha bo‘lgan choralar ko‘rilishi mumkinligi to‘g‘risida profilaktika ishlari olib borilmoqda. Olib borilgan profilaktika ishlari natijasida 2017 yilning yanvar oyining 20 kuni ichida 11 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari metrologiya va sertifikatlashtirish ishlarini olib borish maqsadida Andijon sinov va sertifikatlashtirish markazi Davlat korxonasiga murojaat etishdi. 6 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari esa me’yoriy xujjatlar bilan ta’minlandi. Profilaktika ishlari davom ettirilmoqda.
Andijon SMB mutaxassislari tomonidan viloyat xududiga turli tarmoklarga oid korxonalarda laboratoriyalarni attestatsiyadan o‘tkazish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, “Kezar” MChJ qoshidagi ishlab chiqarish laboratoriyasi attestatsiyadan o‘tkazildi. Attestatsiyadan o‘tkazish jarayonida korxonalarga standartlashtirish soxasida amaliy yordam ko‘rsatib kelinmoqda. Sinovlar olib borishda yangi metodlar joriy qilish, zamonaviy sinov uskunalari sotib olish xamda xodimlarni malakasini yanada oshirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berib kelinmoqda.