Xorazmda yana bir tashkilotga xalqaro sifat menejment tizimi sertifikati topshirildi

Joriy yilning 10 dekabr kuni «Xorazm sinov va sertifikatlashtirish markazi» DK tomonidan «FEEDGRAN» MChJ ga yangi tahrirdagi ISO 9001:2009 standarti bo‘yicha xalqaro sifat menejment tizimi sertifikati topshirildi.

O‘rganishlar natijalariga ko‘ra, «Samarkand sinov va sertifikatlashtirish markazi» DKning sertifikatlashtirish idorasi auditorlari tomonidan «FEEDGRAN» MChJ korxonasi ISO 9001:2009 xalqaro standart talablariga muvofiq ekanligi tasdiqlandi.

«FEEDGRAN» MChJ korxonasi sifat menejment tizimini barcha auditor tekshiruv bosqichlaridan o‘tdi, hujjatlar tekshirildi, xom-ashyo va ishlab chiqarish sharoitining xavfsizligi hamda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarning yuqori sifatliligi tasdiqlandi.

ISO 9001:2009 sertifikati «FEEDGRAN» MChJ korxonasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni doimiy ravishda yuqori sifatini ta’minlash hamda ishlab chiqarishning barcha jarayonlarida turli xil xatarlarni kamaytirish va baholash, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, mijozlar hohishi va talablari qanoatlantirilganligini aniqlashga imkoniyat beradi.