Ammoniyning massa konsentratsiyasini aniqlash yo‘lga qo‘yildi
Suvdagi temir, marganets, sulfat, nitrat, nitrit va ammoniyning massa konsentratsiyasini O‘BU davlat reyestriga kuyidagi tegishli rakamlar ostida kiritilgan:
O′z OU 0718:2016 (Test 1.14761:2013), O′z OU 0721:2016 (Test 1.14770:2013),
O′z OU 0722:2016 (Test 1.14548:2013), O′zOU 0719:2016 (Test 1.09713:2013),
O′z OU 0717:2016 (Test 1.14776:2013) i O′z OU 0720:2016 (Test 1.14752:2013).
SMSITI tomonidan «Nestle Agro» MChJ taqdim etgan O‘BUni tan olish va O‘zbekiston Respublikasi xududida qo‘llashga ruxsat berish uchun hujjatlarning metrologik ekspertizasi o‘tkazildi va ekspertizaning ijobiy natijalari asosida ular tan olindi va O‘zbekistonda qo‘llashga ruxsat etildi.
Tan olingan O‘BU ISO va DIN usuliyatlariga muvofiq keladi va yer osti, yer usti va ichimlik suvlarida; dengiz suvida, buloq suvida va quduq suvida, urug‘lantirish uchun ozuqa eritmalarida va tegishli namuna tayyorlashdan keyin tuproqlarda noorganik ionlarning ionlarini o‘lchashga imkon beradi.
Temir, marganets, nitrat, nitrit va ammoniy ionlarining massa konsentratsiyasini O‘BU fotometriya usuli bilan aniqlanadi, sulfat ionlari esa turbidimetrik usul bilan aniqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasida tan olingan va qo‘llashga ruxsat etilgan
O‘BU butilkalangan gazlangan va gazlanmagan holda ishlab chiqariladigan “Nestle Pure Life” suvlarini sifatini tekshirish uchun “Nestle Uzbekistan” MChJ korxonasida qo‘llaniladi.