Aholi va tadbirkorlarga qulaylik yaratildi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2015 yil 1 dekabrda davlat ruyxatidan o‘tkazilgan 2736-sonli “Maishiy iste’molchilarning elektr energiyasini hisobga olish priborlarini qiyoslashdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomini tasdiqlash haqida”gi Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi va “O‘zstandart” agentligining qarori talablariga mos elektr hisoblagichlarni davlat qiyoslashidan o‘tkazish shaxobchasi ochildi.

Ellikqal’a tumani Buston shahridagi metrologik xizmat ko‘rsatish bo‘limi shaxobchasi yonida elektr hisoblagichlarini qiyoslashdan o‘tkazish uchun U-1134 va “Energomer” SE-602 uskunalari o‘rnatildi.

Markazdan uzoq masofada joylashgan janubiy To‘rtko‘l, Beruniy va Ellikqal’a tumanlardagi iste’molchilar o‘zlarining elektr hisoblagichlarini qiyoslovdan o‘tkazish uchun endilikda markazgacha 150-170 km masofani bosib o‘tmasdan, Bo‘stan shahrining o‘zida qiyoslash ishlarini amalga oshiradigan bo‘ldilar.