“Jizzax sinov va sertifikatlashtirish markazi” DKning sinov laboratoriyalari yangi va zamonaviy sinov uskunalari bilan jihozlanmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 19 oktyabrdagi 298-sonli Qarori ijrosi yuzasidan “O‘zstandart” agentligi tomonidan tasdiqlangan “2016 yilda “O‘zstandart” agentligi tizimidagi sinov laboratoriyalarini rivojlantirish rejasi”ga muvofiq, Respublika va hududiy sinov va sertifikatlashtirish markazlari qoshidagi akkreditlangan sinov laboratoriyalari yangi va zamonaviy o‘lchov vositalari va sinov uskunalari bilan ta’minlanib kelinmoqda.
Bu borada “Jizzax sinov va sertifikatlashtirish markazi” DKning sinov laboratoriyalari uchun yangi va zamonaviy sinov uskunalari va o‘lchov vositalari harid qilinib, foydalanishga topshirildi.
Jumladan, sinov laboratoriyasiga sanoat yog‘ va moylarini sinovchi uskuna va Birdan yorishish haroratini aniqlovchi uskuna harid qilinib foydalanishga topshirildi.
Ushbu sinov uskunalari va o‘lchov vositalarining amaliyotga tatbiq etilishi natijasida markaz qoshidagi sinov laboratoriyalarining akkreditatsiya doiralarini qo‘shimcha mahsulot, sanoat moylarini sinash ko‘rsatkichlari bo‘yicha kengaytirishga imkoniyatlar yaratiladi, laboratoriyalarda o‘tkazilayotgan sinov va o‘lchov ishlarining aniqlilik va ishonchlilik darajasi oshadi va eng asosiysi murojaatchilar tomonidan mahsulot sinovlari uchun qator yangi imkoniyatlar va qulayliklarga erishiladi.