Butunjahon standartlar kuni munosabati bilan respublikamizda mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) sifati va raqobatbardoshligini oshirish, standart talablariga rioya etgan holda eksportbop va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasini rivojlantirishga hissa qo‘shib kelayotgan tadbirkor va mutaxassislarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

"Yil standartchisi" hamda "Sifat sohasidagi mukofot" taqdirlash marosimida nomzodlar orasidan g‘olib deb topilgan mukofot sohiblariga ramziy statuetka va esdalik sovg‘alari topshirildi.