O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Kolumbiyada bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO)ning Bosh Assambleya yig‘ilishi doirasida Kolumbiya standartlashtirish va sertifikatlashtirish (ICONTEC) tashkiloti bosh ijrochi direktori Roberto Montoya bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Ma’lumot uchun: ICONTEC 1984-yildan Kolumbiya milliy standartlashtirish idorasi hisoblanadi. Tashkilotga a’zo korxonalar soni 2236 ta. ISO tashkilotining 67 ta texnik qo‘mitasida P-member, 130 ta texnik qo‘mitasida O-member sifatida faoliyat yuritadi.
Suhbat avvalida Kolumbiya standartlashtirish va sertifikatlashtirish (ICONTEC) tashkilotiga Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO)ning Bosh Assambleya yig‘ilishi yuqori saviyada tashkil etilayotganligi yuzasidan minnatdorlik bildirildi.
Mamlakatlar o‘rtasida standartlashtirish sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Muzokaralar doirasida Kolumbiya standartlashtirish va sertifikatlashtirish (ICONTEC) bilan milliy texnik qo‘mitalar faoliyati, ularning ISO va IEC xalqaro texnik qo‘mitalarida faolligini oshirish, milliy standartlarni xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirish, standartlar tarjimasi, ISO Bosh Assambleyasiga mezbonlik qilish bo‘yicha fikr almashildi va tajriba o‘rganildi.
Muzokaralar natijalari standartlashtirish sohasida muhim kelishuv imzolash bilan mustahkamlandi.