O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov 11-sentyabr kuni Kolumbiyada bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO)ning Bosh Assambleya yig‘ilishi doirasida Avstraliya Standartlashtirish tashkiloti (Standards Australia) rahbari Karin Riley Takos bilan uchrashuv o‘tkazdi.
O‘zbekiston va Avstraliya standartlashtrish sohasida ko‘p qirrali munosabatlarining dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Muzokaralar doirasida Avstraliya Standartlashtirish tashkiloti (Standards Australia) bilan milliy texnik qo‘mitalar faoliyati, ularning ISO va IEC xalqaro texnik qo‘mitalarida faolligini oshirish, milliy standartlarni xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirish, standartlar tarjimasi, ISO Bosh Assambleyasiga mezbonlik bo‘yicha fikr almashildi va tajriba o‘rganildi.
Uchrashuv natijasiga ko‘ra qurilish, to‘qimachilik, tog‘-kon sanoati, charm, qishloq-xo‘jaligi sohasida standartlashtirish va sohada malakali kadrlar tayyorlashga qaratilgan Hamkorlik kelishuvi loyihasi ishlab chiqish va seminar-treninglar tashkil etishga kelishildi.