O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Koreya Respublikasining Korea Apparel Testing & Research Institute (KATRI) xalqaro loyihalar bo‘yicha rahbari David Mun bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida KATRI kompaniyasi bilan 2024—2026-yillar davomida "Uzbekistan Textile Standard & Certification Capacity Building Program" grant dasturi loyihasi doirasida amalga oshiriladigan keng ko‘lamli ishlar ko‘rib chiqildi.
Tekstil sohasida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish va eksportini oshirishda qulay shart-sharoitlar yaratish uchun to‘qimachilik standartlari va muvofiqlikni baholash bo‘yicha kadrlar tayyorlash, mutaxassislarni Koreyada amaliyot o‘tashi, seminar-treninglar tashkil etish va xorijiy ekspertlarni jalb etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar grant loyihasini o‘z vaqtida amalga oshirishni jadallashtirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.