O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat Inspeksiyasining Samarqand viloyati bo‘limi tomonidan "S.T.B" MCHJ (nomi o‘zgartirilgan) temir-beton plita mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonada nazorat tadbiri o‘tkazildi.
Natijada temir-beton plita mahsulotlari ГОСТ 9561-2016, ГОСТ 13015-2012 meʼyoriy hujjatining belgilangan talablariga javob bermasligi aniqlandi. Bu bilan, O‘zbekiston Respublikasining Istemolchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasi 7-qismi "Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida"gi Qonunining 42-moddasi talablariga amal qilinmagan.
Aniqlangan holat yuzasidan 43 mln. 600 ming so‘mlik jarima tarzidagi moliyaviy sanksiya qo‘llanilishi to‘g‘risida dalolatnoma rasmiylashtirildi va materiallar tegishli tartibda sudga kiritildi.