Shveytsariyada O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) aʼzo bo‘lishi bo‘yicha ishchi guruhining 8-yig‘ilishi doirasida Xalqaro savdo markazi (ITC) halqaro eksperti R.Xemraj va loyixa koordinatori D.Karman bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Yevropa Ittifoqi (EI) tomonidan moliyalashtiriladigan, Xalqaro savdo markazi (ITC) tomonidan amalga oshiriladigan "O‘zbekistonning JSTga aʼzo bo‘lishiga ko‘maklashish" loyihasi doirasida standartlashtirish va texnik tartibga solish sohasidagi hamkorlikda oshirilayotgan ishlar ijobiy qayd etildi.
O‘zbekiston standartlashtirish milliy strategiyasini ishlab chiqish, ilg‘or xalqaro tajribalar asosida standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalar faoliyatini takomillashtirish, xalqaro standartlarni qabul qilish va joriy etish bo‘yicha seminar va treninglar tashkil masalalari ko‘rib chiqildi. Uchrashuv natijasiga ko‘ra, qo‘shimcha yangi loyixalar bo‘yicha ishlashga kelishildi.
Tadbir doirasida JST Kotibiyati Savdo va atrof-muhit bo‘limi maslahatchisi S. Matur bilan uchrashuv bo‘lib o‘tkazildi. Uchrashuvda JSTning Texnik ko‘mak va kadrlar tayyorlash instituti bilan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha yangi takliflar muhokama qilindi.
Uchrashuv natijasiga ko‘ra, joriy yilning sentyabr oyida Toshkent shahrida Jahon savdo tashkiloti bilan samarali hamkorlik qilishda Savdodagi texnik to‘siqlar bo‘yicha axborot markazi faoliyati, Sanitariya va fitosanitariya choralari to‘g‘risidagi Bitimi (SFCh) qoidalari va prinsiplari mavzularida trening-seminar o‘tkazishga kelishildi.
JST departament direktori M.Oshikava xonim bilan uchrashuvda M.Oshikava xonim O‘zbekistonning texnik jihatdan tartibga solish tizimini rivojlantirishga xar tomonlama yordam berishga tayyorligi va kelgusida qo‘llab-quvvatlashini maʼlum qildi.
Xalqaro xamkorlik va integratsiya boshqarmasi