O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar va Energetika vazirligi hamkorligida Texnik jixatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shaxrida Saudiya standartlar, metrologiya va sifat tashkiloti (SASO) rahbarining birinchi o‘rinbosari Umar Abdulaziz bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda Savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan xukumatlararo Bitim loyixasi, 2024-2025 yillarga mo‘ljallangan Xarakat dasturi loyihasi (Action Plan)ni imzolash choralarini ko‘rish, sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etish va sun’iy intellektni rivojlantirish, Savdodagi texnik to‘siqlar bo‘yicha axborot markazi faoliyatini takomillashtirish, Saudiya texnik qo‘mitalar faoliyatida kuzatuvchi sifatida ishtirok etish, “SABER” platformasi, metrologiya tashkiloti doirasida etalonlarni asosiy va qo‘shimcha solishtirish loyihalarida ishtirok etish masalalari ko‘rib chiqildi.
Energetika, kimyo, elektrotexnika, to‘qimachilik, charm-poyabzal, neft-gaz, quyosh panellari va qayta tiklanadigan energiya manbalari, qurilish sohasidagi mahsulotlariga nisbatan qo‘llaniladigan standartlarni birxillashtirish va muvofiqlikni baholash natijalarini o‘zaro tan olish bo‘yicha ishlarni boshlash taklifi berildi.
Uchrashuv natijasiga ko‘ra ikkitomonlama ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni faollashtirishga, soha yo‘nalishida malakali mutaxassislar tayyorlash, etalonlarni xalqaro darajada solishtirish, ilmiy tadqiqot ishlarida xamkorlik qilish, ilmiy kadrlar va muhandis-texniklar tayyorlash, texnik qo‘mitalar faoliyatini takomillashtirish, mutaxassislarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan onlayn va oflayn o‘quv-seminarlar tashkil etishga kelishildi.
Shu bilan birga hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash bo‘yicha Fors ko‘rfazi mamlakatlari standartlashtirish tashkiloti (GSO) va Fors ko‘rfazi mamlakatlari Akkreditatsiya markazi (GAC) bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Uchrashuvlar natijasiga ko‘ra Fors ko‘rfazi mamlakatlari Akkreditatsiya markazi (GAC) va O‘zbekiston akkreditatsiya markazi o‘rtasida hamkorlikga qaratilgan anglashuv memorandumi imzolandi.
- Texnik jixatdan tartibga solish agentligi Halqaro hamkorlik va integratsiya boshqarmasi