Joriy yilning 17 aprel kuni O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Germaniyaning TÜV SÜD halqaro muvofiqlikni baholash idorasi loyiha ofisi menedjeri Yuriy Kulikov bilan videokonferensiya tarzida uchrashuv o‘tkazdi. 

Ma’lumot uchun: TÜV SÜD Germaniyaning mahsulotlar sinovi va sertifikatlashtirish, sifat menedjment tizimlari bo‘yicha dunyodagi yetakchi muvofiqlikni baholash idorasi xisoblanadi. idora 1866 yilda tashkil etilgan, bosh ofisi Myunxenda joylashgan, 48 ta mamlakatda vakolatxonalari mavjud, yillik aylanma mablag‘i 2,4 milliard yevro, xodimlar soni 26 mingtani tashkil etadi. Rasmiy veb sayti https://www.tuvsud.com/en.

Uchrashuvda SЕ markirovka, GS markirovka, mahsulotlarning xalqaro va yevropa talablari (EN, DIN, ISO, ASME, ASTM, AD 2000, IEC)ga muvofiqligini baholash, sifat menejment tizimlarini sertifikatlashtirish, malakali kadr tayyorlash sohasida tajriba almashishda hamkorlik munosabatlari muhokama qilindi.

O‘zbekistonda iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish, biznesga keng yo‘l ochish, yangi-yangi bozorlarga kirish maqsadida O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilish jarayoni jadallashtirilyotganligi, islohot doirasida investorlar bilan ishlashning yaxlit tizimi joriy etilayotganligi qayd etildi.

 TÜV SÜD tomoni O‘zbekistonda muqobil energetika, quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish, to‘qimachilik, qurilish materiallari, elektr texnikasi, mashinasozlik tarmoqlarida amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar uchun zarur bo‘lgan mahsulotlar sinovi va sertifikatlashtirish jarayonlarida faol ishtirok etishga tayyorgarligini ma’lum qildi.

Tadbir yakuniga ko‘ra, soha yo‘nalishlarda ikkitomonlama ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni faollashtirishga kelishildi.

 

 

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Halqaro hamkorlik va integratsiya boshqarmasi