O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Nazorat inspeksiyasi Toshkent viloyati bo'limi tomonidan Toshkent viloyati, Ohangaron tumanidagi "TCS" MCHJda (nomi o`zgartirilgan) sifati kafolatlanmagan, muvofiqlik sertifikatsiz sement mahsulotlarini ishlab chiqarish faoliyati bilan shug`ullanuvchi korxona fosh etildi.
Mazkur holat yuzasidan 7 mlrd so`m jarima tarzidagi moliyaviy sanksiya qo’llanilishi to`g`risida dalolatnoma rasmiylashtirildi va materiallar sudga kiritildi.