Jahon tajribasidan yaxshi maʼlumki, taʼlim va ishalb chiqarishning uygʻunlashuvi mehnat bozoriga yuqori bilim va malaka koʻnikmasiga ega boʻlgan mutaxassislar tayyorlashda muhim omil boʻlib xizmat qiladi.
Shu bois soʻnggi yillarda mamlakatimiz Oliy taʼlimi tizimi oldiga dolzarb masalalar qatorida taʼlimni bevosita ishlab chiqarish bilan uygʻunlashtirish, ish beruvchilar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish vazifalari ham qoʻyildi.
Respublikamizda oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilinib, intellektual taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish vazifalari asos qilib olindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 27-fevralda imzolangan Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi PF-41 son Farmonida, texnik jihatdan tartibga solish sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish masalasiga alohida eʼtibor qaratilgan.
Mazkur vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Agentlik I.Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti,Toshkent kimyo texnologiya instituti, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti, Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutlari bilan hamkorlik Memorandumlari imzolab, amaliy hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.
Agentlikda I.Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti professor oʻqituvchilari bilan hamkorlikda “Oʻquv va amaliyot” xonasining tashkil etilgani standatlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalari uchun yetuk kadrlar tayyorlashga yordam beradi. Oʻquv amaliyot xonasi ochilishida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻiratboy Sharipov va Toshkent Davlat Texnika Universiteti professor-oʻqituvchilari va talaba yoshlar ishtirok etdilar.
Eʼtiborli tomoni shundaki, Oʻquv amaliyot xonasida talaba-yoshlar oʻzlarining nazariy bilimlarini amaliy mashgʻulotlar orqali mustahkamlab, zamonaviy laboratoriyalarda ham tajribali mutaxassislar koʻmagida oʻz malaka koʻnikmalarini oshiradilar.
- Bosh sahifa
- Agentlik haqida
- Hujjatlar
- Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari
- Normativ huquqiy hujjatlar loyihalari (muhokama)
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari
- Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari
- Boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar
- Kuchini yoʻqotgan hujjatlar
- Agentlik me'yoriy hujjatlari
- Me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari
- Huquqiy savodxonlik
- Axborot xizmati
- Press - reliz
- E`lonlar va tenderlar
- Videogalereya
- Fotogalereya
- Yangiliklar
- Nashrlar va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariyati maʼruzalari
- Konstitutsiya sahifasi
- Tahliliy ma'lumotlar
- Sohaga oid ko'rsatkichlar
- Ochiq materiallar ro'yhati
- Cheklangan ma’lumotlar ro‘yhati
- Davlat dasturlari
- Byudjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochiq ma'lumotlar
- Yoshlar siyosati
- Axborotni taqdim etishga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslar
- Axborot materiallari ro‘yhati
- Ochiq hay’at majlisi Nizomi
- Faoliyat
- Xizmatlar
- Elektron hukumat
- Bogʻlanish