185 ta davlatning sifat infratuzilmasini baholab boruvchi Global sifat infratuzilma indeksi (Global Quality Infrastructure Index (GQII) reytingi e’lon qilindi.
Ushbu reyting Germaniya Xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) va Germaniya Milliy metrologiya instituti (PTB) ekspertlari bilan “Mesopartner and Analyticar” Germaniya va Argentina mustaqil konsalting idoralari tomonidan yuritiladi (https://gqii.org/gqii-2021/).
Reytingga ko‘ra, Germaniya 1, Xitoy 2, AQSh 3, Buyuk Britaniya 4, Yaponiya 5, Italiya 6, Ispaniya 7, Janubiy Koreya 8, Fransiya 9, Hindiston 10 o‘rinni egalladi.
So‘nggi yillarda sohada olib borilgan islohotlar natijasida 2020-yildan boshlab ushbu reytingga O‘zbekiston Respublikasi 82-o‘rin bilan ro‘yxatga qo‘shilgan.
O‘zbekiston Respublikasi 2019-yilgacha indeksi past ko‘rsatkich qizil rangda belgilangan Qatar, Ozarbayjon, ,Nigeriya, Zimbabve, Ummon davlatlari qatorida bo‘lganligi bois ushbu reytingga kiritilmagan edi.
2021-2023 yillardagi akkreditatsiya, metrologiya va standartlashtirish sohalaridagi o‘zgarishlar hisobiga O‘zbekiston Global sifat infratuzilma indeksi reytingida 185 davlat orasida 67-o‘rinni egalladi va 2021-yilga nisbatan o‘sish sur’ati 18-pog‘onani tashkil etdi. Bunda metrologiya +4 pog‘ona, standartlashtirish +16 pog‘ona, akkreditatsiya +39 pog‘ona o‘sishga erishildi.
2023-yil reytinga ko‘ra MDH davlatlaridan Rossiya 50, Belarus 47, Qozog‘iston 48, Armaniston 105, Ozarbayjon 89, Gruziya 78, Qirg‘iziston 101, Moldaviya 81, Tojikiston 166 o‘rinni egalladi.
Bunday ko‘rsatkichga erishishning asosiy omillaridan milliy akkreditatsiya tizimi xalqaro muvofiqlikni baholash ILAC va IAF tashkilotlari, standartlashtirish tizimi xalqaro IEC tashkilotiga a’zo bo‘lishi, joriy qilgan xalqaro standartlar soni 3466 taga (2019-yilda 596 ta bo‘lgan) va milliy boshlang‘ich etalonlar soni 29 taga (2019-yilda 9 ta) yetkazilishi va 18 ta kalibrlash (11 ta hududiy filiallarda) laboratoriya tashkil etilib, aniq o‘lchashlar qamrovi 78% ga yetqazilganligi, mintaqaviy metrologiya tashkilotlari (KOOMET, APMP, GULFMET, EURAMET) doirasida jami 17 ta xalqaro solishtirish loyihalarida ishtirok etish zamin bo‘ldi.
O‘zbekiston Yevropa ittifoqidan tashqari mamlakatlar (27 ta davlat) ichida 1-o‘rinda Yevropa standartlarini (CEN-CENELEC) eng ko‘p qabul qilgan (837 ta standart) mamlakat sifatida e’tirof etildi.
ISO ma’lumotiga asosan Xalqaro ISO sertifikatlar soni 3466 taga yetkazilgan va MDH davlatlari ichida 1-o‘rinni egalladi. (Litva-1333 ta, Qozog‘iston-617 ta, Ozarbayjon-283 ta, Gruziya-134 ta).
Endilikda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan Respublikamizni Global sifat infratuzilma indeksi reytingida yetakchi 50 ta davlatlar qatoriga kiritish choralari ko‘rilmoqda.