O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agenligi “UzTest” DM Samarqand filiali xodimlari Samarqand shahrida joylashgan sanitar-gigiyenik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “Noshir Lux” MCHJda bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar hamda hozirda korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni muvofiqligini baholash masalalarida amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.
Shuningdek, korxona vakillar bilan kelgusida ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish yuzasidan hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.
Korxona vakillariga sohaga doir qonunchilik xususan, “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonun to‘g‘risida keng tushunchalar berildi.