Barchamizga maʼlumki, hozirgi zamonda tobora koʻp qoʻllanilayotgan atamalardan biri bu korrupsiya boʻlib, bu illatga qarshi jahon miqyosida keng qamrovda kurash olib borilmoqda.
Mamlakatimizda ham korrupsiya illatiga qarshi kurashishga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda. Shu munosabat bilan kecha O‘zTTSA O‘zbekiston milliy metrologiya institutining Chirchiq filialida “Korrupsiyaga qarsh kurash davr talabi” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Chirchiq shahar IIB xodimi kapitan B.Dovov mavzuga doir ma’ruza o‘qidi.
Huquq vakili korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlashi toʻgʻrisida tushunchalar berdi.