O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Davlat nazorat Departamenti, UzTest va O‘zMMI Samarqand filiallari mutaxassislari tomonidan joyiga chiqilgan holda eksportyor korxonalarning muammolari o‘rganilmoqda, Samarqand viloyat Erkin iqtisodiy zonasi hududida joylashgan oyoq kiyimi ishlab chiqaruvchi “EURO STYLE SHOES” MChJ QK da soha yuzasidan muammoli masalalari o‘rganilib, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning qadoqlash va tamg‘alashga oid tegishli tushunchalar berib, sohaga doir qonunchilik bo‘yicha yangiliklar tushuntirildi.
Shuningdek, korxona vakillar bilan kelgusida ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish yuzasidan hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.