Tadbirkorlar uchun yana bir imkoniyat.

O‘zstandart” agentligi tomonidan tasdiqlangan “2016 yilda agentlik tizimidagi sinov laboratoriyalarini rivojlantirish rejasi”ga muvofiq, Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi va uning hududiy markazlari qoshidagi akkreditlangan sinov laboratoriyalari yangi va zamonaviy o‘lchov vositalari va sinov uskunalari bilan ta’minlashga e’tibor qaratilmoqda.

Joriy yilda “Namangan sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi qoshidagi yengil sanoat mahsulotlarini sinash laboratoriyasiga «razrыvnaya mashina (uzilishga mustahkamligi)» rusumidagi sinov uskunasi o‘rnatildi.

Bu bilan ISO 5081, ISO 5082 xalqaro standart talablariga muvofiq yengil sanoat mahsulotlarini uzilish va tortilishga mustahkamlik ko‘rsatkichlari o‘zlashtirilib, laboratoriyaning akkreditatsiya doirasi kengaytiriladi. Shuningdek ushbu uskuna yordamida qo‘shimcha polimer, rezina va kabel mahsulotlarining uzilishga mustahkamlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha sinash ishlari yo‘lga qo‘yiladi.

Ushbu sinov uskunasini amaliyotga tadbiq etilishi natijasida “Namangan sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi tomonidan tadbirkorlarga qo‘shimcha xizmat turlari yanada kengayadi. Buning natijasida Namangan viloyatida tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan yengil sanoat, polimer, rezina va kabel mahsulotlari shu yerning o‘zida sinovlarini olib borish imkoniyati yaratiladi. Eslatib o‘tamiz, avvallari ushbu maxsulotlarni mazkur ko‘rsatkichlari bo‘yicha sinovlar qo‘shni viloyatlarda o‘tkazilar edi.