Navoiy viloyati Karmana tumanida joylashgan “Navoiy iqtisodiy hududi”da Yengil avtomobil konditsionerlari uchun kompressorlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi “O‘z Erae Alternator” QK faoliyat yuritmoqda.
Kuni kecha korxona vakillari bilan O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi UzTEST davlat muassasasi Navoiy filiali mutaxassislari tomonidan ishlab chiqarish jarayoni o‘rganildi. Shuningdek, usbu korxonaga muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirib berish uchun amaliy ko‘mak va kerakli maslahatlar berildi.