Joriy yilning 4-5 iyul kunlari Ostona shahrida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OESR) hamkorligida Osiyoda barqaror infratuzilma dasturining (SIPA) “Uglerodni kamaytirish sohasidagi ISO standartlari” mavzusidagi halqaro o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminarda iqlim o‘zgarishlari va uglerod chiqindilarini nazorati bo‘yicha standartlar, uglerod izi qoladigan mahsulotlarni o‘rganish hamda bu sohadagi milliy tajribalar bilan tanishildi.
Tadbir davomida turli formatidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi, unda ishtirokchilar uglerodni kamaytirish sohasidagi ISO standartlarini joriy etishning bugungi holatini muhokama qildilar, hamkorlikning yangi imkoniyatlarini o‘rgandilar.
Tadbirda agentlik huzuridagi O‘zbekiston milliy metrologiya instituti davlat muassasasi mutaxassislari ishtirok etdi.